O‘zbekiston | 11:19 / 24.09.2020
8156
2 daqiqa o‘qiladi

Pensiya jamg‘armasiga elektron shaklda murojaat qilish mumkinmi?

Bugungi kunga Pensiya jamg‘armasi ro‘yxatida turuvchi 3 777 631 nafar pensiya va nafaqa oluvchilar mavjud bo‘lib, mamlakat aholisining 11% davlat pensiya ta'minoti bilan ta'minlangan.

Foto : KUN.UZ

Aholining sanitariya-epidemiyalogik osoyishtaligi va xavfsizligini ta'minlash, koronavirus infeksiyasi tarqalishini oldini olish, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish maqsadida karantin talablaridan kelib chiqqan holda, hozirda fuqarolar Pensiya jamg‘armasining hududiy boshqarmalari, tuman va shahar bo‘limlariga tashrifidan ko‘ra, telefon orqali yoki elektron shaklda murojaat qilishlari maqsadga muvofiq, – deyiladi Pensiya jamg‘armasi matbuot xizmati xabarida.

Shu kunga qadar fuqarolardan elektron murojaatlar jamg‘armaning elektron pochtasi- pension_uz@pfca.mf.uz orqali qabul qilinib kelinayotgan bo‘lsa, endilikda murojaat qilishning yanada qulay imkoni yaratildi. Ya'ni Jamg‘armaning “telegram” kanali- t.me/PensionFundRUz ga a'zo bo‘lib, kanalning muhokama (Obsudit yoki Discuss) qismiga o‘tilib, guruh orqali savollarini yo‘llashlari mumkin. Har bir savolga mutaxassislar tomonidan o‘z vaqtida, ish kunlari davomida javoblar berilishi Pensiya jamg‘armasi ijro etuvchi apparati tomonidan nazorat qilib boriladi.

Fuqarolar esa, savollarni yo‘llashda F.I.O, doimiy yashash manzil, aloqa uchun tel raqami, murojaatning qisqacha mazmuni yozilishi lozim.

Shuningdek, fuqarolarning yashash manzillari bo‘yicha ham hududiy kanallar joriy qilingan bo‘lib, ularga kelib tushayotgan savollarga ham mutaxassislar tomonidan javoblar berilmoqda.

Mavzuga oid