Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
VW bir quvvatlanishda 400 kilometr yo‘l bosadigan elektromobilini namoyish etdi
Volkswagen ID.4 sensorli ekran, ovozli va ishorali boshqaruv interfeysiga ega. Uning narxi 40 ming dollar deb baholanmoqda.
Volkswagen kompaniyasi ID.4 deb nomlanuvchi elektr krossoverining rasmiy taqdimotini o‘tkazdi. U dastlab AQShda sotuvga chiqadi.
Elektrokar ikkita — 201 yoki 302 ot kuchiga ega motorli modifikatsiyada chiqariladi. Ularning har ikkisi 82 kilovatt/soat quvvatli akkumulyator bilan jihozlangan. Kompaniyaning bildirishicha, akkumulyatorni bir marta quvvatlantirib 400 kilometr masofani bosib o‘tish mumkin.
AQShda ID.4 egalari uch yil davomida Electrify America quvvatlash stansiyalarida elektromobillarini bepul quvvatlantirishlari mumkin bo‘ladi. Stansiyalarda batareyani 38 daqiqada 80 foizgacha quvvatlantirish mumkin. Oddiy quvvatlash bloki esa uni 7,5 soat davomida quvvatlantiradi.
Volkswagen ID.4 sensorli ekran, ovozli va ishorali boshqaruv interfeysiga ega. Uning narxi 40 ming dollar deb baholanmoqda. Elektromobil 2021 yilning birinchi yarmida sotuvga chiqadi.
Mavzuga oid
08:22 / 26.06.2026
Yevropada elektromobillarni eng ko‘p qaysi mamlakatlar xarid qilmoqda?
20:12 / 22.06.2026
Ford arzon elektr pikapni chiqarishni rejalashtirmoqda
09:42 / 19.06.2026
Rivian Teslaʼga raqobatchi avtopilot tayyorlamoqda
11:10 / 18.06.2026