Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘zgidromet» sentabr oxirida qanday ob-havo kuzatilishini ma'lum qildi. O‘zbekistonda havo harorati pasayadi
Bugun O‘zbekistonda ob-havo ochiq va iliq bo‘ladi, harorat shu kunning iqlimiy me'yoriga yaqin - 22-27 daraja atrofida bo‘ladi.
26-27 sentyabrda mamlakat shimoliga Qozog‘iston orqali Shimoliy Ural ustida shakllangan sovuq antitsiklon tarmog‘i kira boshlaydi, deb yozmoqda «O‘zgidromet».
Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyati va cho‘l zonasida harorat 5-7 darajaga pasayishi kutilmoqda, shamolning tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi mumkin. Qolgan hududlarda harorat kam pasayadi.
Dam olish kunlari havo harorati kechasi 8-13 daraja, kunduzi 20-25 daraja, shimoliy tumanlarda kechasi 5-10 daraja, kunduzi 15-20 darajani tashkil qiladi. Bunday harorat shu kun me'yorlaridan 3-4 darajaga pastdir.
Keyingi haftaning birinchi yarmida butun respublika hududi ushbu sovuq antitsiklon ta'sirida bo‘ladi. Bu kunlarda O‘zbekiston bo‘yicha bulutlilik ortadi, mamlakatning tekislik hududida ob-havo yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi, faqat tog‘oldi va tog‘li hududlarda ayrim joylarga yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
29-30 sentyabrda baland tog‘li tumanlarda yomg‘irning qorga o‘tish ehtimoli ham bor. Sovuq front o‘tishi natijasida 28 sentyabrda butun respublika hududida shamolning tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Harorat asta pasayadi va shu kunlarda kechasi 5-10 daraja, shimolda kechasi 2-7 daraja iliq, kunduzi 15-20 daraja iliq bo‘ladi. Uraldan sovuq havo kirib turishi natijasida respublika bo‘yicha harorat foni o‘rtacha iqlimiy me'yorlardan 5-7 darajaga past bo‘ladi.