O‘zbekiston | 12:30 / 25.09.2020
14349
5 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Yangi Samsung Jet changyutgich yordamida uyingizni ozoda va toza saqlang

Samsung kompaniyasi O‘zbekistonda simsiz Jet changyutgichlar to‘plamini taqdim etdi. Katta quvvatga ega changyutgichlar changga hech qanday imkoniyat qoldirmaydi.

So‘nggi texnika yangiliklari insonni lol qoldirishda davom etmoqda. Har biridan talaygina imkoniyatlarni kutish odatiy holga aylanib ulgurdi. O‘z navbatida Samsung Jet simsiz changyutgichlar to‘plami yaratilishida qulaylikka berilgan urg‘u o‘z natijalarini olib kelmoqda.

Endi Samsung Jet changyutgichlari O‘zbekiston do‘konlaridan xarid qilish imkoni paydo bo‘ldi, hozir ularning texnik ko‘rsatkichlari bilan yaqindan tanishishning ayni payti.

Zamonaviy interer uchun ixcham qurilma

Birinchi ko‘zga tashlanuvchi jihatlardan biri – bu albatta changyutgich dizayni – akkumulyatordan quvvat oluvchi simsiz vertikal model. An'anaviy, ya'ni gofra va shtanga hamda zerikarli quvvat oldirish simli changyutgichlarga ko‘nikib qolganlar uchun avvaliga nimadir kamdek tuyulishi mumkin. Ammo tez orada Samsung Jet qulayliklariga o‘rganishlari turgan gap.

Changyutgich og‘irligidan xavotir olishga o‘rin yo‘q. Yengil konstruksiya xonadoningizning eng chekka qismlarini ham osonlik bilan hamda tezda tozalash imkonini beradi. Boshqa ishlab chiqaruvchilarning mazkur turdagi changyutgichlari bilan taqqoslanganda esa qo‘lingizga og‘irlik nisbatan kamroq ta'sir etadi.

Changga qarshi kurashish uchun kuchli simsiz changyutgich

Ixcham tuzilishiga qaramay invertorli motor bilan jihozlangan ushbu changyutgich ulkan quvvatga ega. Jet 75 modelining chang yutish quvvati 150 Vt, Jet 90 da esa naqd 200 Vt. Bu mazkur segmentdagi changyutgichlar orasida yetakchi ko‘rsatkichga ega.

Past chang yutish quvvatida kiyimlarga allergenlarga qarshi ishlov berish yoki pardalardagi changni tozalash mumkin. Shu bilan birga o‘rta hamda yuqori chang yutish quvvatlarida foydalanish imkoniyati ham ko‘zda tutilgan. So‘nggi rejimda baxmal gilamlarni yoki xonadondagi chekka joylarni tozalash maqsadga muvofiq.

Jet changyutgichlarida motor, filtr hamda raqamli displey uning dastagida o‘rnatilgan. Maxsus ergonomik stansiya esa uni vertikal saqlash hamda quvvat oldirish uchun javob beradi. Shu bilan birga stansiya va batareya istalgan joyda va alohida quvvat olishi mumkin. To‘liq quvvat olish uchun 210 daqiqa kifoya. Litiy-ionli batareyadan foydalanish quvvati esa 60 daqiqa davomidagi intensiv tozalash uchun yetadi.

Jet Cyclone siklonli filtri evaziga changyutgich allergen hamda changlarni yutib, o‘rniga toza havo ishlab chiqaradi.

Uning ustiga ikkala model ham yuviladigan konteyner bilan jihozlangan. Konteynerni osonlik bilan tozalab, chang yig‘ish moslamasi va multisiklon tizimini suv bilan yuvish mumkin.

Samsungdan kelajak texnologiyalari

Jet to‘plamidagi changyutgichlar futuristik dizayn hamda aql bovar qilmas imkoniyatlarga ega. Raqamli displey yordamidagi intuitiv boshqarish buning yaqqol misolidir. Shu bilan birga agar filtr yoki cho‘tka jism yoki katta zarralar bilan bloklansa darhol displeyga signal yuboriladi.

Vertikal modeldan foydalanish juda qulay, chunki u an'anaviy simli changyutgichlar bilan taqqoslanganda tezroq stansiyadan olinadi hamda foydalanish uchun yoqiladi. Buning ustiga akkumulyatorli changyutgichni avtomobil tozalash uchun hovliga yoki omborni tartibga keltirish uchun o‘zingiz bilan olib chiqishingiz mumkin.

Bir dona akkumulyator quvvati bir soatlik tozalash ishlari uchun yetadi. Katta xonadonlar uchun yanada ko‘proq imkoniyat – agarda changyutgichingiz bundan-da kattaroq quvvatga ega bo‘lishini istasangiz, ikkinchi akkumulyatorni xarid qilishingiz mumkin. Teleskopik dastak esa, oson boshqariladi va uning 4 xil holatini har bir oila a'zosi uchun moslashtirish mumkin.

Agarda oilangiz zamonaviy Samsung Jet changyutgichlaridan foydalanish istagida bo‘lsa, ularni Mediapark do‘konlar tarmog‘idan topishingiz mumkin.

Batafsil ma'lumotni Samsung rasmiy sayti hamda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalaridan olishingiz mumkin.

Facebook: fb.com/SamsungUzbekistan

Instagram: @SamsungUzbekistan

Telegram: t.me/SamsungUzbekistan

Sayt: samsung.uz

Reklama huquqi asosida

Жамшид Рузибаев
Tayyorlagan Жамшид Рузибаев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid