Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
London markazida minglab kishilar karantin joriy etilishiga qarshi namoyishga chiqdi
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, to‘rt nafar politsiyachi jarohatlangan, 10 kishi hibsga olingan. Shuningdek, to‘qnashuvlarda jabrlangan yana bir necha kishiga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
London markazida Buyuk Britaniyada qaytadan karantin joriy etilishiga qarshi bo‘lgan minglab kishilar norozilik aksiyasi o‘tkazdi. Qatnashchilar tomonidan ijtimoiy masofaga rioya etilmaganligi sababli politsiya aksiyani to‘xtatishga majbur bo‘ldi, bu esa to‘qnashuvlarga olib keldi, deb xabar bermoqda Bi-bi-si.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, to‘rt nafar politsiyachi jarohatlangan, 10 kishi hibsga olingan. Shuningdek, to‘qnashuvlarda jabrlangan yana bir necha kishiga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Britaniya OAVning yozishicha, aksiyada 10-15 ming kishi qatnashgan. Aksiya tashkilotlarining ta'kidlashicha, pandemiya xalqning ko‘r-ko‘rona bo‘ysunishini talab qilayotgan hukumatlarning fitnasidir. .
O‘tgan haftadan Buyuk Britaniyada oltidan ortiq kishining guruh bo‘lib to‘planishi taqiqlangan, ammo ijtimoiy masofa saqlash qoidasiga rioya qilgan holda norozilik namoyishi o‘tkazishga ruxsat berilgan. London markazida to‘planganlar niqob taqmagan va kerakli masofani saqlamagani uchun politsiya aksiyani to‘xtatishga majbur bo‘ldi.
Mamlakatda kuniga 10 mingga yaqin yangi holatlar aniqlanayotgani sababli Britaniya hukumati yangi cheklovlarni joriy etmoqda.
Mavzuga oid
16:53 / 04.06.2026
Buyuk Britaniyada 18 yoshli talaba o‘limi tufayli namoyish va tartibsizliklar ro‘y berdi
08:44 / 02.06.2026
Sasseks universiteti O‘zbekistonda kampus ochish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda
21:22 / 22.05.2026
Britaniyada TikTok va YouTube bolalar uchun xavfsiz emas deb topildi
23:07 / 20.05.2026