Iqtisodiyot | 21:19 / 27.09.2020
6924
1 daqiqa o‘qiladi

Jadval: O‘zbekiston shaharlaridagi oziq-ovqat va dehqonchilik mahsulotlari narxlari – shakar qimmatlagan

Kun.uz’ning Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi muxbirlari o‘z hududlaridagi markaziy dehqon (oziq-ovqat) bozorlaridagi bugun, 27 sentbyar kunidagi narx-navolar haqida ma'lumot to‘plashdi.

Odatga ko‘ra, 10 turdagi oziq-ovqat va shuncha meva-sabzavot mahsulotlarining o‘rtacha narxlari tartiblandi.

O‘tgan haftadagi narxlarni solishtirish asnosida oydinlashmoqdaki, bozorlarda o‘simlik va paxta yog‘lari, shuningdek, shakar narxi biroz qimmatlashgan — joylarda bu mahsulotning bir kilogrammi 8 ming so‘mdan ham sotilmoqda.

Mol go‘shti eng qimmat joy hamon poytaxt Toshkent shahri bo‘lsa, eng arzoni Navoiyda. Nukusda 1 kilo qo‘y go‘shti barcha hududdagilardan arzon — 48 ming so‘m.

Meva-sabzavotlar narxlari bozorlarda bir-biridan ko‘p ham farq qilmaydi, faqat poytaxtda biroz qimmatroq. Ro‘yxatdagi yagona import meva — bananning eng arzoni Qo‘qonda va eng qimmati Nukusda ekanini ko‘rish mumkin.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid