Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Farg‘onada rahbarlar ochiqlik asosida ishlaydi» – Farg‘onada viloyat hokimi Xayrullo Bozorov ishtirokida faollar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Farg‘ona viloyati hokimligining majlislar zalida Farg‘ona viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Xayrullo Bozorov rahbarligida viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari ijrosi va boshqa dolzarb masalalar yuzasidan kengaytirilgan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda viloyat hokimi Farg‘ona viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi rejalar, oldinda turgan muhim vazifalar borasida ma'ruza qildi.
Ta'kidlanishicha, endilikda Farg‘onada rahbarlar va fuqarolar o‘rtasida doimiy aloqani yo‘lga qo‘yish tizimli ravishda olib boriladi. Har bir rahbar ochiqlik asosida ish faoliyatini olib boradi. Kabinetda o‘tirmasdan hududlarga borib, yo‘nalishlar bo‘yicha muammolarni o‘rganib, ularni hal etish choralarini ko‘radi. Aholi bilan yuzma-yuz muloqotlarni ko‘paytirish, hattoki ijtimoiy tarmoqlarda bildirilgan murojaatlar ham bee'tibor qolmasligi shartligi aytib o‘tildi.
Viloyat rahbari tadbirkorlikni rivojlantirish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ko‘makchi va yelkadosh bo‘lish masalasiga ham to‘xtalib o‘tdi.
“Viloyat, shahar va tumanlarda “Tadbirkorlar uyi” tashkil etilib, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish borasida aniq chora-tadbirlarni amalga oshiradi. Bir so‘z bilan aytganda, tadbirkorning muammosi shu yerda yechim topadi. Istiqbolli loyihalar, biznes-rejalar ishlab chiqiladi”, deya ta'kidlagan viloyat hokimi.
Shuningdek yig‘ilishda viloyat hokimi, tadbirkorlar bilan ishlash, hududlarni obod etish, aholi bandligini ta'minlash, uy-joy qurilishi va boshqa sohalarda olib borilayotgan ishlarni talab darajasida emasligini misollar orqali bildirib o‘tdi.
Yig‘ilishda respublikadagi tahlillar asosida, viloyatning Furqat, Yozyovon hamda Qo‘shtepa tumanlari “qoniqarsiz” deb topilganligi ochiqlandi. Ayni kunlarda mazkur hududlardagi muammolarni hal etish tadbirlari boshlab yuborilganligi bildirildi.
Ma'lum qilinishicha, Farg‘ona va Qo‘qon shaharlarida “Xalq nazorati” platformasini ishga tushirish rejalashtirilgan. Viloyat hokimining fikricha bu aholi uchun muloqot maydoni bo‘ladi.
“Ular hududdagi muammolarni bemalol ayta olsin. Mutasaddi rahbarlar esa, ularni hal etish choralarini ko‘rishi lozim. Shuningdek, matbuot, ijtimoiy tarmoqlarda xolis, asosli tanqid bo‘lsa, biz bemalol qabul qilamiz”, deya ta'kidladi Xayrullo Bozorov yig‘ilishda.
Mavzuga oid
18:20 / 23.06.2026
Qirg‘iziston va O‘zbekiston qishloqlarini almashdi
08:45 / 23.06.2026
Farg‘ona va Xorazmda narkotik moddalar qo‘lga olindi
08:24 / 04.06.2026
Farg‘onada membranali suv havzasida bir kishi cho‘kib ketdi
16:15 / 23.05.2026