O‘zbekiston | 10:38 / 29.09.2020
8880
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda koronavirusdan zararlanish holatlari soni 56 mingdan oshdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi 10 soat ichida O‘zbekistonning 7 hududida 190ta yangi kasallanish holati aniqlangani va jami kasallanish holatlari soni 56 ming 68taga yetgani haqida xabar berdi

Yangi holatlar (+190)

  • Toshkent shahrida 120 holat;
  • Namangan viloyatida 30 holat;
  • Andijon viloyatida 12 holat;
  • Qoraqalpog‘iston Respublikasida 10 holat;
  • Qashqadaryo viloyatida 8 holat;
  • Farg‘ona viloyatida 6 holat;
  • Surxondaryo viloyatida 4 holat. 

Shu bilan birga, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi va rasmiy statistikada qayd etilgan o‘lim holatlari soni 463taga yetdi. 

Shu vaqtgacha 56 ming 68 bemordan 52 ming 466 nafari sog‘aygan (94 foiz) sog‘aygan. 

Hozirda mamlakatda 3 139 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.

Mavzuga oid