Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Havo harorati keskin pasaysa, isitish tizimi ertaroq ishga tushiriladi - "Toshissiqquvvati"
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari deyarli tugatildi. Bu yil epidemiologik holat va koronavirus infeksiyasining salqin havoga yuqori sezuvchanligi hisobga olingan holda isitish tizimini ertaroq ishga tushirish rejalashtirilgan.
Bu haqda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik masalasiga bag‘ishlab AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida "Toshissiqquvvati" davlat unitar korxonasi bosh muhandisi Aziz Karimbekov ma'lumot berdi.
Qayd etilishicha, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari deyarli tugatilgan. O‘tgan yili nisbatan kechroq, 28 oktyabrdan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari boshlangan.
Lekin bu yil epidemiologik holat hisobga olingan holda va koronavirus infeksiyasining salqin havoga yuqori sezuvchanligi hisobga olingan holda isitish tizimini ertaroq ishga tushirish rejalashtirilgan.
“Gidrometeorologiya xizmatidan doimiy ravishda ob-havo ma'lumotlari olib turilibdi. Bu ma'lumotlarga ko‘ra, 10 oktyabrga qadar kunduzi havo harorati 22-24, kechasi 8-10 daraja atrofida bo‘ladi. Agar havo harorati keskin pasayadigan bo‘lsa, isitish tizimini ishga tushirishga tayyormiz”, - dedi Aziz Karimbekov.
Mavzuga oid
08:42 / 06.11.2025
Poytaxtda ijtimoiy obektlar 100 foiz isitish tizimiga ulandi
23:17 / 24.02.2025
Yangi quriladigan uylar markazlashtirilgan isitish tizimiga ulanadi va elektr plitalari bilan jihozlanadi
18:24 / 30.10.2024
Sovuq tushdi, ammo uylarga issiqlik berilmayapti. Nega?
21:11 / 02.02.2024