Sovuq tuşdi, ammo uylarga issiqlik berilmayapti. Nega?
|23:24 / 30.10.202426 0567 min
Köp kvartirali uylarning isitiş tizimi hududiy hokimliklar qarori bilan yoqilişi belgilangan. Kun.uz’ning poytaxt hokimiyatidagi manbasiga köra, Toşkentda bu jarayon qaçon boşlanişi noma’lumga öxşaydi. “Bizga falonçi kunlar harorat şunça böladi, degan xat kelişi kerak. Şunda mavsumni boşlaşni tavsiya qilamiz”, deydi u. Mamlakatning boşqa hududlarida ham şu ahvol. Haftaning ikkinçi yarmidan boşlab havo harorati kötarilişi kutilmoqda. Bu issiqlik ta’minoti hali-beri yoqilmasligiga işora.
Respublikaga sovuq va nam havo kirib kelganiga 2 hafta bölib qoldi. Tarmoqlarda Toşkentdagi köp qavatli uy egalari issiqlik tizimini yoqişni sörab, murojaatlar qilişyapti.
Ma’lumotlarga köra, ayni vaqt Toşkent şahrida 11 216 ta köp qavatli uylar bölib, şuning 89 foizi, ya’ni 9 980 tasining issiqlik ta’minoti markazlaştirilgan. Bu şunça uyda xonadonlar sovib qoldi degani. Xöş, ularga qaçondan issiqlik energiyasi beriladi? Kun.uz holatni örganişga urindi.
Uylarga issiqlik beriş tartibi qanday?
Vazirlar Mahkamasining 2014 yildagi qaroriga qilingan 1-ilovaga köra, 5 kun davomida sutkalik taşqi harorat 8 gradusdan past bölgandan keyingi, ya’ni 6-kundan boşlab isitiş mavsumi boşlanişi lozim.
Xonalarni isitiş ehtiyojlari uçun issiqlik energiyasini berişda isitiş davri Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari tomonidan belgilangan muddatlarda boşlanadi va tamomlanadi.
Ya’ni joylarda issiqlik tizimi yoqilişi 3 ta asosiy nuqta: “Özgidromet”, hududiy hokimliklar hamda issiqlik energiyasini yetkazib beruvçi kompaniya bilan boğlanadi.
“Ma’lumot kutyapmiz, havo isib ketadi deyişyapti” – poytaxt hokimligi
Kun.uz’ning Toşkent şahar hokimligidagi manbasiga köra, Şavkat Umrzoqovning muammodan xabari bor, hokimning öz yaqinlari ham köp qavatli uyda turadi.
Mavzuga oid
“Özimiz ham qiynaldik, qayta-qayta sörayapmiz, iloji boriça tezlaştiramiz deyişdi. “Özgidromet”dan ma’lumot kutyapmiz, “yana isib ketadi” deyişyapti. Bizga xat kelişi kerak, “falonçi kunlar harorat şunça böladi, şunga mavsumni boşlaşni tavsiya qilamiz”, degan.
Işoning, astoydil harakat qilyapmiz. Lekin özining tartibi bor, şunga rioya qilişga majburmiz”, – deydi u tahririyat muxbiri bilan suhbatda.
Şuningdek, manba bu sovuq kunlarda hokimlik aholiga qanday tavsiya berişga hayronligini bildirdi. “Gaz yoqsin desak, is gazidan zaharlanişi mumkin, “konditsioner-obogrevatel” yoqsin desak, 200 kilovatt limit deyişadi...”, – dedi u.
Bu hafta havo harorati 8 gradusdan pasayişi kutilyaptimi?
Iqlimşunos Erkin Abdulahatovning Gazeta.uz naşriga bergan tahliliga köra, Özbekistonning joriy hafta boşidagi ob-havosini kiçik kattalikdagi antitsiklon jarayoni belgilaydi — u joylardagi havo harorati tunda ham, kunduzi ham sezilarli darajada sovuq bölişiga ta’sir qiladi.
Uşbu davrda mamlakatning katta qismida tongda harorat 0 daraja va -2 darajagaça, Ustyurt platosida hamda toğlarda -7…- 5 darajagaça sovuq bölişiga olib kelişi mumkin.
“Haftaning ikkinçi yarmidan boşlab, qöşni Turkmaniston hududlaridan biroz yuqori haroratni taqdim etuvçi issiq-quruq havo tölqinlari kirib keladi. Yakşanba kuniga borib, kunduzi Özbekistonning aksariyat qismida havo harorati +20…+25 daraja, janubiy viloyatlarda esa +28 darajagaça kötarilişi prognoz qilinmoqda”, – deydi u.
“Özgidromet”ning 28 oktyabrdan 1 noyabrgaça qilgan prognoziga kelsak, 28 oktyabr kuni Özbekiston hududi sovuq va nam havo massalari ta’siri ostida böladi. Havo harorati kunduzi 8-13 darajadan kötarilmaydi.
29 oktyabr kuni keçasi 0-5 daraja iliqqaça, ba’zi joylarda 2 daraja sovuqqaça pasayadi, kunduzi 10-15 darajagaça biroz kötariladi.
30 oktyabrda faqat sovuq havo massasi mamlakat hududidan çekina boşlaydi, harorat keçasi 2-7 daraja iliqqaça, kunduzi 12-17 darajagaça kötariladi. 31 oktyabr va 1-noyabrda keçalari 2-7 daraja iliq atrofida böladi, kunduz kunlari 15-20 darajagaça kötariladi. 28-30 oktyabrda respublika böyiça ba’zi joylarda tuman tuşişi kuzatiladi.
Haftalik ob-havo taxminlaridan kelib çiqsak, haftaning 2-yarmida harorat kötarilişi kutilyapti, bu esa hali-beri issiqlik berilmasligiga işora böla oladi.
“Daqqisovetlardan qolgan “5 kunlik 8°S” qoidasini bekor qilişga nima xalaqit qiladi?” – iqtisodçi
Iqtisodiy tahlilçi Otabek Bakirov issiqlik energiyasi berilişiga oid işlab çiqilgan normani insoniylik qoidalariga zid deb baholamoqda. Uning yozişiça, bunday qoidalar odam odam örnida körilmagan sovetlar paytida örnatilgan.
“Işonmasangiz, mana, soliştirib köring: bu sovet mustamlakasi davri qoidalari. Bu Özbekiston qoidalari. sovet bosqinçilari Moskva va Leningraddan turib qanday yozgan bölsa, özbek çinovniklari milliy iqlim xususiyatlarini inobatga olmay, şundoq köçirişgan.
Endi, ob-havoga qaraymiz. Garçi ertaga tungi haroratlar minusga tuşsa ham, uç kundan keyin yana kötariladi. Ya’ni "otopleniye" işga tuşişi uçun “5 kunlik 8°S” qoidasi talablari yuz bermaydi. Yer muzlaydigan joriy haftani qöying, agar daqqisovetlardan qolgan qoidalarga qaralsa, 10 noyabrgaça ham isitiş yoqilmaydi.
Yanayam ğalati joyini aytaymi? Özbek çinovniklari oxirgi 3 yilda bu qoidalarga qarab ham ötirmay, isitişni yoqqan. 2021 yil 14 oktyabrdan, 2022 yil 24 oktyabrdan va 2023 yil 6 noyabrdan issiqlik ta’minoti uzatiliş mavsumi boşlangan. Lekin şu sanalar atrofida ketma-ket 5 kun harorat 8 darajadan pastga tuşmagan.
Ya’ni isitişni yoqişga odamxör sovetlarning normalari emas, toşkentliklarning talablari va bu talablarga quloq soliş asos bölgan. Boşqaça aytganda, qaror qabul qilişda xalq sub’yekt hisoblangan. Qiziq, 2024 yildan boşlab xalq sub’yekt emasmi endi?
Buyam mayli, daqqisovetlardan qolgan "5 kunlik 8°S" qoidasini bekor qilişga nima xalaqit qiladi? Qaysidir öğri oligarx foydasi uçun 3 soatda qaror qabul qiluvçilar nahotki xalq manfaatiga kelganda jim turişni ma’qul körişadi”, – deydi u.
Şuningdek, Bakirov postida bu jarayon pul bilan boğliq bölsa, ötgan yili budjet ahvoli bu yildagidan yomonroq bölganini, keyinçalik balki katta qismi oligarxiya çöntagi uçun budjet subsidiyasi şaqillatib berilayotganini aytib ötgan.
Ma’lumot uçun, 29 oktabr kuni Surxondaryo viloyati hokimi 1 noyabrdan ijtimoiy soha obektlari hamda turar joy binolarida isitiş tizimi yoqilişi yuzasidan qaror qabul qilgandi.
Erkin Abdulahatov janub viloyat hokimligining şimoldagi viloyat xokimliklaridan oldinroq, birinçilardan bölib issiqlik ta’minot tizimini boşlab berişdagi taşabbusidan hayratga tuşganini yozgan.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi