Prezident Nukusda qishloq xo‘jaligi loyihalarini ko‘zdan kechirdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev 2 oktabr kuni Nukus shahridagi «Qoraqalpoq baliq sanoat» mas'uliyati cheklangan jamiyat faoliyati bilan tanishdi.
«Bu korxona yiliga 200 tonna baliq va 5 million dona baliq lichinkalari yetishtirish, 5 ming tonna ozuqa yem tayyorlash quvvatiga ega. U shu yil iyulda faoliyat boshladi, 35ta ish o‘rni yaratildi.
Loyihaning ahamiyati shundaki, korxonada yopiq sig‘imda intensiv usulda baliq yetishtiriladi. Ya'ni, suvdan takroran foydalanish evaziga katta hajmda suv tejaladi. Masalan, 200 tonna baliq yetishtirish uchun oddiy sharoitda 1,5 million metr kub suv sarflansa, bu yerda 250 metr kub yetarli. Bu Qoraqalpog‘iston uchun juda muhim», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.
Korxonada, shuningdek, qayta ishlash quvvati va muzlatgich tashkil etilgan.
Shu yerda qishloq xo‘jaligi tarmoqlaridagi loyihalar taqdimot qilindi. Davlat rahbari chorvachilikda oilaviy kooperatsiyalarni yo‘lga qo‘yib, parrandani ko‘paytirib, go‘sht narxini arzonlashtirish choralarini ko‘rish muhimligini ta'kidladi. Hududda yer va suvning aniq hisobini yuritish, bunga axborot texnologiyalarini joriy qilish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Mavzuga oid
20:46 / 07.11.2024
Prezident 10 ta sel suv ombori qurish ishlarini boshlashni buyurdi
19:07 / 07.11.2024
2025 yilda kanallarni betonlashtirishga 800 milliard so‘m ajratiladi
18:21 / 07.11.2024
Prezident suv ta’minoti og‘ir tumanlarda sug‘orishni «aqlli tizimga» o‘tkazishni buyurdi
20:28 / 01.11.2024