Dunyo biz öylagançalik yomon emas: yangliş va negativ tasavvurlar qayerdan paydo böladi?
|22:14 / 04.10.202029 75414 min
«Men öqigan kitoblar orasida eng muhimlaridan biri. Dunyoni tuşuniş uçun beqiyos qöllanma». Microsoft asosçisi Bill Geyts «Haqqoniylik» (Factfulness) asariga ana şunday ta'rif bergan edi.
Foto: DepositphotosFoto: Depositphotos
Xalqaro soğliqni saqlaş va statistika böyiça mutaxassis, taniqli ma'ruzaçi Hans Rosling muallifligidagi kitob dunyo haqidagi stereotiplarni özgartirişi bilan ommalaşgan.
Kitobda: «Dunyo aslida biz öylagançalik yomon joy emas. U faqatgina gegemon davlatlarning raqobat maydoni, qirğinbarotlar, tabiiy ofatlardan iborat emas», degan fikr ilgari suriladi.
Muallif odamlar dunyo adolatsizlik va yomonlikdan iborat degan fikrga nega kelib qolişganini 10ta sabab bilan izohlaydi.
1-sabab. Dunyo faqat oq va qoradan iborat degan yangliş tasavvur
Rosling buni insondagi böliniş instinki bilan boğlaydi va dunyoni qabul qilişdagi eng katta xato deb baholaydi. Böliniş instinkti bizda dunyo kambağallar va boylarga bölingan degan adolatsizlik kartinasini hosil qiladi.
Inson psixikasi dixotimiyani – hamma narsani ikkiga bölib tasavvur qilişni yaxşi köradi: yaxşilar va yomonlar, boylar va kambağallar, rivojlanganlar va qoloqlar. Vaholanki, oltin örtalik ham mavjud. Bir mamlakatda juda boylar va juda qaşşoqlarning bölişi haqiqat, lekin bu öşa mamlakat faqatgina şu ikki toifadan iborat degani emas. Köplab mamlakatlarda örtahol şaroitda yaşayotganlar aksariyatni taşkil qiladi.
Ammo muallif ötkazgan sörovnomalar boşqaça natijani körsatadi. Dunyoda kambağallik darajasi neça foiz degan savolga aksariyat, hatto ziyoli qatlam vakillari ham 50 foiz deb javob berişadi. Aslida esa bu körsatkiç – atigi 9 foiz.
Dunyoda 60-yillarda boy mamlakatlar va qaşşoq mamlakatlar kontrasti juda sezilarli darajada bölgan bölsa, ikkinçi ming yillikka kelib, bu ziddiyat tobora yöqolib bormoqda. Ammo statistikadan qolgan hissiyotlar ta'siri hali yöqolmadi. Ya'ni odamlarning dunyodagi vaziyat haqidagi tasavvurlari hali ham 60-yillarniki bilan turibdi. Çunki dunyo manzarasini şakllantiruvçi asosiy platforma – ommaviy axborot vositalari şu qolipda ma'lumot uzatmoqda.
Biz 60-yillarning xaritalaridan foydalanmaymiz-ku, lekin nega 60 yillarning statistikasi bilan qotib qolyapmiz, deb yozadi Rosling.
2-sabab. Negativlik instinkti yomonlikka diqqat qaratişga majburlaydi
Inson ongi tanqid qilişga, kamçilik axtarişga moslaşgan. Çunki kamçilikni topib, uni bartaraf etiş orqaligina progressga erişiş mumkin. Ammo umumiy kartinada ijobiy özgarişlar ham borligini heç qaçon unutmaslik kerak.
Mavzuga oid
Dunyoda ma'naviy inqiroz ketyapti, oxirzamon kelyapti, muammolar köpayyapti, degan fikrlar aksariyatda ustuvor. Vaholanki, ijobiy ösiş sur'atlari köproq. Dunyo miqyosida bolalar mehnatiga çek qöyilmoqda, odamlarning yaşaş davomiyligi oşyapti (1800 yilda örtaça umr davomiyligi 30 yoş bölgan, hozir esa 70-72 yoş), 20 yil avval aholining 29 foizi qaşşoqlikda yaşagan bölsa, hozir ularning körsatkiçi 9 foiz. Ötgan asrda bölganidek ommaviy oçarçilik va qirğirbarotlar kuzatilayotani yöq.
Bunday muşohadaga köpinça katta avlod sababçi böladi. Ular ötgan davrlar nostalgiyasi bilan yaşaşadi. Qaçondir hammasi juda yaxşi edi, zamon qayerga qarab ketyapti, degan fikr keksa avlodda doim böladi. Vaholanki, aksar hollarda bugun keçagidan köra yaxşiroq böladi.
Bunday tasavvur paydo bölganining yana bir sababi şundaki, hozir axborot oçiq va u tez tarqaliş sur'atiga ega. Ilgari axborot manbalari çeklangani bois dunyoda kunlik 10ta halokat ham noma'lumligiça qolgan, hozir esa internet tufayli bitta halokat ham şov-şuvga aylana oladi.
3-sabab. Töğri çiziq instinkti aholi töxtovsiz ösib, resurslar çeklangani haqida vahima uyğotadi
Aholi soni oşib borayotgani rost. Ammo bu 20-30 yildan keyin Yer yuzida odam siğmay qoladi degani emas. Çunki odamlar tuğilgan sari, vafot etayotganlar ham borligini unutmaslik kerak. 21-asrning dastlabki ön yilligida aholi soni 1 mlrd.ga oşdi degani keyingi ön yillikda ham yana şunçaga oşadi degani emas. Boisi statistika töğri çiziq asosida rivojlanmaydi. Şuningdek, ğarb mamlakatlarida farzand köriş holatlari ham ötgan asrdagidek yuqori emas.
4-sabab. Qörquv obektiv fikrlaşga xalal beradi
Ibtidoiy davrda qörquv insonlarning asosiy himoya vositasi bölgan. Aynan qörquv miyani kerakli çoralarni körişga undaydi. Ammo qörquv miyaning aniq tahlil qila oliş qobiliyatini xiralaştirişi, hissiyotlarga erk berişi ham fakt.
Dunyo bizga xatarlar bilan töla makondek körinadi. Sabab – OAV şunday manzarani yaratadi. Katastrofalar, ölim, terror aktlari, kasalliklar. Lekin tarix kontekstida qaraydigan bölsak, insoniyat hozir tarixning eng yaxşi davrida yaşamoqda. Başariyat heç haçon hozirgidek farovon yaşamagan. Umr davomiyligi oşmoqda, progress bor, ta'lim körsatkiçlari oşyapti. Lekin bizga faqatgina salbiy voqeliklarni körsatişadi. Çunki ijobiy xarakterdagi xabarlardan köra, salbiy böyoqlarga ega yangiliklar auditoriyani köproq qiziqtiradi. Bular ta'sirida paydo bölgan qörquv esa ratsional muşohadaga imkon qoldirmaydi.
Oddiy misol. 2016 yilda butun dunyoda 40 mln marta aviaparvozlar muvaffaqiyatli amalga oşirilgan, faqatgina 10tasi halokatga uçragan. Ammo biz 40 mln marta erişilgan muvaffaqiyatga emas, 10ta halokatga köproq diqqat qaratamiz.
5-sabab. Hajmlar çalğitadi
Aksar hollarda raqamlarning hajmini neytral holda tasavvur qila olmaymiz. YUNISEF ma'lumotlariga köra, 2016 yilda 4,2 mln bola vafot etgan. Bu dahşatlidek tuyuladi. Lekin ma'lumotning bekgraundiga qaraydigan bölsak, erta vafot etgan çaqaloqlar soni 2015 yilda 4,4 mln, 2014 yilda 4,5 mln, 1950 yilda 14,4 mln bölganini köriş mumkin.
Demak, 4,2 mln qançalik katta raqamdek körinmasin, avvalgi körsatkiçlar bilan soliştirganda kiçik ekanligini köriş mumkin. Şu bois hajmlarni yakka holda emas, balki kontekstdan yulmagan holda köriş maqsadga muvofiq.
6-sabab. Bir qoida hamma yerda amal qilmaydi
Özimiz körgan va könikkan qoidani hamma joyda amal qiladi, hamma joyda bir xil kuçga ega deb öylaş reallikni notöğri qabul qilişga sabab böladi. Rosling buni birgina oddiy misol bilan tuşuntiradi.
Rosling öz talabalari bilan Hindistonda tibbiy amaliyot ötaş uçun borgandi. 3-4 nafar şifokor şifoxona liftida kötarilayotgan paytda Roslingning talabalaridan biri liftga ulguriş uçun yugurib kelib, lift eşiklari yopilmasligi uçun oyoğini qöyadi. Ammo lift baribir yopiladi va qizning oyoğini qisib, yuqoriga sudray boşlaydi.
Bu qizning ahmoqligi tufayli emas, balki özi yaşagan Şvetsiyadagi qoidalar Hindistonda ham amal qiladi deb öylagani uçun sodir böladi. Çunki Şvetsiyada liftlar harakatni sezuvçi datçik bilan jihozlangan, Hindistonda esa yöq.
Birgina mamlakat, kiçik hududdagi holat va qonuniyatlardan kelib çiqqan holda butun dunyoga baho beriş notöğri. Siz yaşayotgan mamlakatda avtokratiya haligaça hukm surayotgani demokratiyaning mutlaqo puç ğoya ekanini ifodalamaydi.
7-sabab. Taqdirga böysuniş hissi barçasi allaqaçon belgilab qöyilgan degan dogmani hosil qiladi
Biron holat böyiça turğun qaraşlarning bölişi progressni inkor qiladi. Deylik, dunyodagi qaşşoqlik haqida gap ketganda kişining köz oldiga birinçi navbatda Afrika davlatlari gavdalanadi. Buning ustiga, ular heç qaçon qaşşoqlikdan çiqib keta olmaydi, ularning madaniyati, tabiati, şaroitlari progress uçun imkon qoldirmaydi, deb öylaymiz; Afrikani heç bölmaganda Şarqiy Yevropa davlatlari singari taraqqiyot bosqiçida köra olmaymiz. 50-60 yil avval hozirda eng rivojlanganlar qatorida bölgan Skandinaviya davlatlari ham qaşşoq edi. Lekin ular hozir boy-ku?
Xususan, hozir boy bölgan davlat heç qaçon qaşşoqlaşib qolmaydi, degan tasavvur ham noörin. Gap taraqqiyot haqida gap ketganda turğunlik sifatini işlatiş notöğri. Çunki hamma ilgarilama harakat qiladi – kimdir tezroq, kimdir esa sekinroq. Ammo heç kim bir joyda turmaydi. Şu bois Rosling stereotiplardan çekinişni maslahat beradi.
8-sabab. Hammasini soddalaştirişga uriniş reallikning notöğri manzarasini hosil qiladi
Oddiy narsalarga intilamiz, murakkab narsalarni oddiy yöl bilan talqin qilişga intilamiz. Muammo oddiy va uning yeçimi ham oddiy bölişi yaxşi, ammo real hayotda bu imkonsiz, deydi Rosling.
Deylik, erkin bozor iqtisodiyoti qanday şakllanadi? Hukumat bozor munosabatlariga aralaşişni töxtatsa, hammasi iziga tuşadi. Yoki dunyoda tengsizlikni yöqotiş uçun barça boyliklarni aholining barça qatlamlari orasida teng taqsimlaş kerak, vassalom. Bu yeçimlar oddiyligi bilan ham jozibador, uzoq va çuqur öylaşni talab qilmaydi. Ammo odamlarni öz nuqtayi nazarlariga mos kelmaydigan barça ma'lumotlarni inkor qilişlariga olib keladi.
Rosling oddiy ğoyalarga şubha bilan qaraşni maslahat beradi. Ular qançalik qulay bölmasin, zaif tomonlariga ham ega. Inson faqatgina öziga ma'qul bölgan emas, balki şubhasi bölgan ma'lumotlar bilan ham işlasa, haqiqatni topiş osonlaşadi. Haqiqatga erişiş uçun faqatgina öz maslakdoşlaringiz bilan emas, balki sizga qarama-qarşi fikr egalari bilan bahsga kirişiş foydaliroqdir.
Holat haqida umumiy tasavvurga ega böliş uçun eng birlamçi ma'lumotlargagina boğlanib qoliş notöğri. Şuningdek, bitta manbaning ma'lumotlariga tayaniş ham. Rosling bir misol keltiradi. U Mozambik boş vaziri bilan suhbatlaşib qolganida vazir öz mamlakatida sezilarli taraqqiyot kuzatilayotganini aytadi. Rosling oçiq statistikalarda Mozambikning yalpi içki mahsuloti yuqori emasligini aytganda, vazir mamlakat taraqqiyotini tahlil qilişda boşqa manbalarga ham tayanişini aytadi. «Mozambikda har yili an'anaviy ravişda ötkaziladigan umumxalq paradi bor. Unda hamma çiroyli kiyimlarda qatnaşadi. Öşanda odamlarning oyoq kiyimi bor-yöqligiga qarayman. Va oyoq kiyimi bor bölganlar soni yildan yilga ortmoqda», deydi vazir.
Agar qandaydir köngilsizlik röy bersa, bularning barçasiga qandaydir buyuk yovuz kuç aybdorligini isbotlaşga uriniş boşlanadi.
Noxuş holatlar şunçaki, tabiiy yösin bilan sodir bölişi mumkinligini inson miyasi inkor qiladi. Ehtimoliy aybdor haqida variant paydo bölişi bilan, boşqa barça variantlarni körib çiqişni töxtatamiz. Bu esa muammoning asl ildiziga yetib borişga tösqinlik qiladi. Aviakatastrofada uxlab qolgan uçuvçini aybdor qilib körsatiş mumkin, ammo bu boşqa aviahalokatlarning oldini olib qöya olmaydi.
2015 yilda 4000 nafar qoçoq Suriyadan Yevropaga yöl olgan paytda Örtayer dengizida çökib vafot etdi. Jahon hamjamiyati ğazabga mindi, rezina qayiqda suzib ötiş uçun har bir kişi örniga 1000 dollardan olgan kontrabandistlarni yomonladi. Rosling esa holatni keltirib çiqargan boşqa sabablari izlab köradi. Turkiya yoki Liviyadan Yevropa şaharlariga yetib oliş uçun çipta 50-100 yevro turadi, xavfsiz, intizomli kemalar harakatlanadigan paromlar ham bor. Lekin nega odamlar kontrabanda orqali suzib ötişga urinişdi? Çunki ular aviakompnaiya yoki rasmiy paromlar orqali ötişi uçun qoçoq maqomini rasmiylaştirişi kerak, Yevropa mamlakatlari konsulliklarida esa buning imkoni juda kam, çunki arizalar köp, ularni körib çiqiş qamrovi oz. Natijada odamlar yaşirinça yöllar bilan Yevropa hududiga ötib olişga harakat qilişadi. Rosling Yevropa ittifoqining immigratsiya siyosati kontrabanda bozori paydo bölişiga sabab bölgan, degan xulosaga keladi.
10-sabab. Şoşiliş instinkti bizni şoşilinç va ahmoqona qarorlarga yetaklaydi
Tarang şaroit ta'sirida zudlik bilan qaror qabul qilişga töğri keladi. Ammo bu zudlik kayfiyati aksariyat hollarda yangliş qarorlarga sabab böladi.
Muallif bu böyiça öz tajribasidan misol keltiradi: Afrikaning çekkaroq hududida xizmat qilib yurgan çoğida mahalliy aholida noodatiy simptomlar – oyoqlar harakatsizligi, köriş qobiliyatining yöqolişi kuzatiladi. Rosling hayajon va şoşiliş ta'sirida qanday qaror qabul qilişni bilmaydi va bu yangi epidemiya degan taxmin bilan şahar meriga çegaralarni yopişni aytadi. Ertasi kuni şahar taşqarisidagi bozorga savdo uçun otlangan ayollar blokpostlarga duç kelişadi, çiqa olişmaydi. Ammo kun körişning yagona yöli bozor edi va dengiz orqali qayiqda suzib ötişga qaror qilişadi. Ayni şu kuni dengizda böron kötariladi va ayollarning barçasi halok böladi.
Keyinçalik belgilar manioki ösimligi iste'molidan zaharlaniş oqibatida kelib çiqqani ma'lum böladi. Şoşiliş kayfiyati, qörquv va ehtimollar Roslingni notöğri qarorga yetakladi va ayançli oqibatga olib keldi.
Ibtidoiy davrda zudlikda qaror qabul qiliş instinkti odamlarga xavf oldida töğri harakatlanişga yordam bergan. Hozir ham katta yölni kesib ötiş kabi favqulodda vaziyatlarda tezlik bilan qaror qabul qiliş (töxtaş yoki yuguriş) qöl keladi. Ammo favquloddagi qarorlar ba'zida notöğri harakatlarga sabab bölişi ham mumkin.
Har qanday faqulodda holatda ham sovuqqonlik va bosiqlik saqlanib qolişi kerak. Zudlik bilan qaror qabul qilişga töğri kelganda ham imkon qadar köproq vaqt va ma'lumot sörang.
Rosling öquvçini dunyoni bor böyiça köra olişga örgatadi. Qörquv, stereotip, aldamçi tasavvurlarga aldanib, dunyo haqida yangliş tasavvurga borişdan qaytaradi.
Dunyoqaraş faktlarga asoslangan bölişi kerak, instinktlarga emas, deydi Rosling. Dunyoni yomon körmaslik esa kerakli harakatlarni belgilaş va taraqqiyotga intilişga yöl oçib beradi.