«Ibtido»dan 700 betlik kitoblargaça. Blogerlar - 2020 yilda öqigan kitoblari haqida
|22:21 / 01.01.202121 14210 min
Özbek blogosferasining bir neça faollari 2020 yilda mutolaa qilganlari orasidan özlariga yoqqan kitoblar haqida ma'lumot berişdi. Asarlar röyxati va ularga berilgan tavsiflar yangi yildagi mutolaangiz uçun asqotsa yoki kitob öqişga motivatsiya uyğotsa ajabmas.
– Bu yil 50dan ortiq kitobni öqib tugatdim. Ular orasida quyidagilarni ajratib körsatgan bölardim:
«Baxt yetkaziş», Toni Şey. Milliard dollarlik internet-dökon tarixi. (5-marta öqişim)
XXI asrning eng kuçli top menejyerlaridan biri, tadbirkor Toni Şey kitobda biznes yaratiş, uni boşqariş, jamoa şakllantiriş, xizmat sifatini yaxşilaş böyiça bebaho maslahatlar beradi. Tadbirkor odam qöliga bir dona kitob tutqaz va u şu zahoti biznesini özgartira boşlasin deyişsa, şu kitobni bergan bölardim.
«Ibtido», Den Braun
Den Braun özining yangi romanida sizni gözal Ispaniyaga sayohat qildiradi. U har doimgidek sizni butun kitob davomida bosim ostida uşlaydi, keyingi betda nima bölarkan deb 700 betlik kitobni 2–3 kunda öqişingiz mumkin. Kitobning yoqqan tomoni – juda köplab ilmiy va tarixiy ma'lumotlarga boyitilgan, XXI asr uçun muhim falsafiy savollar berilgan.
«Javdarzordagi xaloskor», Jyerom Selinjyer
Jahon adabiyoti tarixidagi eng maşhur asarlardan biri bölgan roman nihoyat özbek tilida çiqdi. Insonning dunyoqaraşi, içki keçinmalari, ularning qaysidir voqelik orqali özgarişi haqida juda jiddiy savollar qöygan kitob.
Foto: Asaxiy.uz
«Sarmoyador», Teodor Drayzer
Kitob voqealari kapitalizm, moral haqida köplab savollarni qöyadi.
«Farengeyt böyiça 451 daraja», Rey Bredberi
Antiutopiya janrida Oruyellning «1984» kitobidan kam maşhur bölmagan roman sizni yaşayotgan dunyomizga nisbatan turli xil savollarni berişga majbur qiladi. Dunyoqaraşda özgarişlarga sabab böladigan kitob.
«Bu yil özim uçun tuşunarli bölmagan sababdan badiiy kitob juda kam öqidim: odatda badiiy asarlarga alohida vaqt ajratardim, ilmiy va ilmiy-ommabop kitoblarni esa işim, ilmiy faoliyatim doirasida körib çiqaverardim. Ammo bu yilning özi ğalati böldi, odamlarning tartibini, odatlarini buzib yubordi. Men ham biroz tartibdan çiqqanim, odatlarimni buzganim ğalati yil uçun tabiiy holat bölsa kerak»
Mavzuga oid
.
Eldar Asanov, tilşunos, «Asanov formati» blogi muallifi:
«Bukri tol», Şukur Xolmirzayev
Şukur Xolmirzayev ijodiy priyomlari bilan yaxşi tanişligimga qaramay, bu asari meni öylantirib qöydi, kutilmagan ma'nolar berdi.
Aslida «Bukri tol» bugun ham köp uçraydigan holatni körsatadi: yaxşi, köngli oçiq, samimiy odamlarni uçratasan, lekin kutilmaganda u poraxörlik, taniş-bilişçilik, öğrilik kabi illatlarga normal qaraşini tuşunib qolasan. Nazarimda, bu bizning jamiyatda köp uçraydi – korrupsiyani oddiy qabul qiliş urf bölib qolgan. Odamlar yomon bölgani uçun emas, şunçaki jamiyatda şunaqa tartiblar örnaşib qolgani bois korrupsiyaga oddiy holday qaray boşlaydi. «Bukri tol»da mana şu ğayritabiiy hodisa oçib berilgan.
«Ayvengo», Valter Skott
Taniqli şotland romanistining maşhur «Ayvengo» romanini öqimaganimni eşitgan ba'zilar hayron qolardi. Ularning fikriça, adabiyotga yaqin inson barça klassik asarlar bilan taniş bölişi şart şekilli. Lekin men negadir şu asarga heç qiziqmaganman. Bu yil uni mutolaa qilişimga sabab esa uni öqimay, eşitganimdir. Ha, «Ayvengo» audiokitobini eşitdim.
Bu kitobdan yaxşi estetik zavq oldim. Kitob voqealari juda çuqur, ikir-çikiriga qadar öylangani, mantiqiy xatolar deyarli yöqligi, tasvir jonliligi, obrazlar yorqinligi, asosiysi, syujyet ingliz tarixi va mifologiyasi bilan uyğunlaştirib yuborilgani menga ma'qul keldi.
«Rossiyskiy narod», Valeriy Tişkov
Tişkov Rossiya antropologiyasiga konstruktivizmni olib kirgan odam hisoblanadi. U birinçi bölib rus xalqining kelib çiqişini klassik sovetça etnogenetik nazariyalar yordamida emas, konstruktivistik qaraş negizida yoritib bergan ekan. Kitob juda katta va qiziqarli ekan. Maza qilib öqidim, köp narsa örgandim. Özbek (yoki Özbekiston) xalqi haqida ham mana şunaqa monografik izlaniş zarur, menimça.
«Uygurskiye gosudarstva v IX–XII vekax», Anatoliy Malyavkin
VIII asrda Örxun daryosi böyida istiqomat qilgan uyğurlar Şarqiy Turk xoqonligi qudratini sindirib, öz davlatini tuzişga muvaffaq böladi. Ammo yağlaqar va ediz sulolalarining özaro kuraşi natijasida zaiflaşgan davlatlar qirğizlarning zarbalariga uçrab, parçalanib ketadi. Uyğurlar qirğindan qoçib, turli taraflarga köçib keta boşlaydi. Muhojirlarning juda katta qismi Xitoy çegarasida töplanib qoladi. Imperiya hukumati ularni qabul qiliş borasida uzoq öylaydi; bu orada uyğurlarning bir qismi Xitoydan voz keçib, sobiq Ğarbiy turk xoqonligi yerlariga – Şarqiy Turkistonga köçadi. Şu tariqa, Xitoy va Markaziy Osiyo xaritasining turli nuqtalarida mayda uyğur davlatçalari taşkil topadi. Ularning ayrimlari tarixda muhim rol öynasa, boşqalari amal-taqal qilib umrguzaronlik qiladi. Ana şu qoçqinlarning avlodlari bugun uyğur, özbek, sariq uyğur kabi nomlar ostidagi xalqlarning tarkibiga singib ketgan. Mintaqa tarixining kiçik bir qismi juda maroqli qilib hikoya qilingan bu kitobni hammaga tavsiya qilgan bölardim.
«Srednyaya Aziya i Yevraziyskaya step v drevnosti», Igor Pyankov
Igor Pyankovning kimligini bilmaydiganlar u taftiş qilgan Panjakent va Ajinatepa arxeologik obektlari haqida eng kamida maktab darsliklarida öqigan. Ha, Ajinatepadan 12 metrlik Budda haykalini topgan odamlardan biri böladi u.
Pyankovning tilga olingan kitobi olimning 60 yillik tadqiqotlariga yakun yasaydi. U Örta Osiyoning qadimgi tarixini arxeologik, yozma va boşqa manbalar asosida örganib, köplab muammoli masalalarda öz qaraşlarini, nazariyalarini işlab çiqqan. Kitobda mana şu nazariyalarga, ularni asoslaşga katta e'tibor qaratilgan. Örta Osiyo tarixini boşqaçaroq yoritişga, xususan, eng qadimgi davlatçilik tafsilotlarini tiklaşga urinişlar bor. Xullas, juda ajoyib, kattakon tadqiqot. 700 betlik kitoblarni öqişga qiziqadiganlarga tavsiya etiladi.
«Making Turkmenistan», Adriyen Lin Edgar
Oxirgi paytlarda Ğarb akademiyasida Örta Osiyo davlatlarining şakllaniş tarixini yangi, konstruktivistik nuqtayi nazardan qayta yoziş urf bölmoqda. Marta Brill Olkottning The Kazakhs, Adib Xolidning Making Uzbekistan kitoblari mana şu harakat doirasida dunyoga keldi. Making Turkmenistan şu tadqiqotlarni davom ettiradi. Unda zamonaviy Turkmaniston davlati va turkman millati şakllanişi tasvirlanadi.
«The Rise and Fall of the Third Reich», William L. Shirer
Gitler Germaniyasining paydo bölişi va yakson qilinişi tarixi batafsil bayon etilgan kitob.
«Homo Deus: A Brief History of Tomorrow», Yuval Noah Harari
Maşhur isroillik tarixçi Yuval Hararining kelajak haqidagi qaraşlari.
«Chaos Monkeys: Obscene Fortune and Random Failure in Silicon Valley», Antonio Garcia Martinez
Öz startapini Feysbukka sotgan işbilarmonning Kremniy vodiysi qanday işlaşi haqida içkaridan turib bergan ma'lumotlari.
«Romanovs», Simon Sebag Montefiore
Çor Rossiyasining sönggi saltanati – Romanovlar sulolasi tarixi.
«Six Months in 1945: From World War to Cold War», Michael Dobbs
Ikkinçi jahon uruşining tugaşi va Sovuq uruş davri qanday boşlangani haqida qiziqarli va faktlarga asoslangan kitob.
«The Future is History: How Totalitarianism Reclaimed Russia», Masha Gessen
Demokratiyaga ötiş imkoniyatiga ega bölgan Rossiyaning qanday qilib Putin davrida töliq totalitarizmga qaytgani haqida.
«The Big Three in Economics» , Mark Skousen
Bu kitobda zamonaviy iqtisodiyotda katta iz qoldirgan uç iqtisodçi – Adam Smit, Karl Marks va Jon Maynard hayoti va ilmiy qaraşlari tahlil qilingan.
«Flash Poins: The Emerging Crisis in Europe», George Friedman
Kitobda göyoki juda yaqin va ziddiyatlarsiz körinadigan Yevropa davlatlari orasida aslida juda keskin muammo va ehtimoliy töqnaşuvlar borligi haqida hikoya qilinadi.
«A Higher Loyalty: Truth, Lies, and Leadership», James Comey
Federal qidiruv byurosi sobiq direktori Jyeyms Komi AQŞ prezidenti Donald Tramp bilan qanday işlagani haqida yozgan memuar.
«Winners Take All: The Elite Charade of Changing the World», Anand Giridharadas
Dunyoning biznes va siyosiy elitasi qanday işlaşi, ular jiddiy özgarişlardan manfaatdor emasligi, çunki bu özgarişlar ularning maqomiga putur yetkazişi haqida qiziqarli kitob.