Jamiyat | 10:54 / 05.10.2020
6851
2 daqiqa o‘qiladi

Bolamning og‘ir dardini o‘zimga olsam edi – 2 yoshli Abdurahmon ko‘makka muhtoj

 Urgutlik Abdurahmon Bahodirov endigina 2 yoshga kirgan. Shu yoshidayoq juda jiddiy sinovga uchragan – buyrak saratonidan aziyat chekmoqda. Go‘dakning yoshgina jonini qutqarib qolish yo‘li bor.

– O‘g‘limga yopishgan bu dard haqida eshitganimizda hatto ishonmagandik. Rak degani odatda yoshi katta odamlarda aniqlanardi. Ammo murg‘ak go‘daklar ham bu kasallikka chalinarkan. O‘g‘limga “Ikki taraflama nefroblastoma” tashxisi qo‘yilgan, – dedi biz bilan suhbatda Abdurahmonning otasi Abdusattor Xurramov.

Bolamning og‘riqlaridan o‘zim ming karra ko‘proq azoblanaman. Qani endi imkon bo‘lsayu o‘g‘limning og‘ir dardini o‘zimga olsam edi...

Abdurahmonning dardiga shifo topishning yagona yo‘li buyrak ko‘chirish ekan. Bu operatsiyani Hindistonda qildiradigan bo‘ldik. Biz bog‘langan klinika jarrohlik amaliyotini 14 ming dollarga baholadi. O‘zimiz ham harakat qilib, bu mablag‘ning ancha qismini to‘plab qo‘ydik. Lekin bolamning ahvoli og‘irlashib borayapti, operatsiyani tezlashtirish kerak. Ilojsizlikdan mehribon xalqimizga murojaat qilishga majbur bo‘layapman. Saxiy insonlarning ko‘magiga muhtojman, – deydi ota ko‘zida yosh bilan.

Abdurahmon Bahodirovga oid ma'lumotlar:

Uzkard (klik, payme): 8600041742815104 (Agrobank, otasi Abdusattor Xurramov nomida)

Viza: 4231200007820094 (bobosi Bahodir Xudoyshukurov nomida)

Sberbank: 4276510014065178 (qarindoshi Orzimurod Toshpo‘latov nomida)

Telefon: +998996018561 (otasi)

 Aziz saxovat egalari! Sizning yordamga uzalgan qo‘llaringiz ko‘plab yurtdoshlarimizning dardiga malham bo‘lgan. Abdurahmon bolajonimiz ham duolaringiz va oz bo‘lsada ataganingiz bilan sog‘ayib ketadi albatta. Chunki uning ko‘zlari yashash umidi bilan porlab turibdi...

 Abror Zohidov.

Mavzuga oid