Ekologiyaga zarar yetkazuvchi hodisaga guvoh bo‘ldingizmi? Murojaat uchun Telegram bot ishga tushdi
Toshkent shahar Ekologiya va Atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi ekologiyaga zarar yetkazuvchi har qanday holat bo‘yicha onlayn murojaatlarni tezkorlik bilan qabul qilish va zudlik bilan chora ko‘rish bo‘yicha maxsus Telegram botni ishga tushirdi. Bundan tashqari, shaharliklar va shahar mehmonlari ekologiyaga ziyon yetkazish borasidagi ishlarga guvoh bo‘lishsa, ishonch telefonlariga ham qo‘ng‘iroq qilishlari mumkin. Bu haqda Toshkent shahar Ekologiya va Atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi Kun.uz’ga ma'lum qildi.
Ma'lumki, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga asosan quyidagilar taqiqlanadi:
- chiqindilarni belgilanmagan joyga, shu jumladan avtotransport vositalaridan
- tashlash va joylashtirish;
- chiqindilarni yoqish;
- suyuq maishiy chiqindilarni ruxsat etilmagan joylarga va obektlarga oqizish;
- ko‘p qavatli uyning umumiy foydalaniladigan joylarida chiqindilarni to‘plash va saqlash joylarini tashkillashtirish;
- yirik gabaritli maishiy chiqindilar va qurilish chiqindilarini chiqindi to‘plash shoxobchalariga tashlash va joylashtirish.
Yuqoridagi qonunchilik talablarini buzganlik uchun jismoniy shaxslarga
nisbatan 669 000 so‘mgacha va yuridik shaxslarga 1 561 000 so‘mgacha
ma'muriy jarimalar qo‘llanishi mumkin (O‘zR MJtK, 91-moddasi).
Ushbu qonun talablari buzilayotganini aniqlasangiz, Toshkent shahar ekologiya inspeksiyasiga tezkor xabar berishingizni so‘raymiz, deyiladi xabarda.
Murojaat uchun telefonlar:
+998712778868,
+998712777543
Mavzuga oid
18:18 / 12.11.2024
Jahonda 10 yil davomidagi tabiiy ofatlardan ko‘rilgan zarar 2 trillion dollardan oshdi
16:17 / 07.11.2024
“Toshkent shahri atrofidagi issiqxonalarning 60 foizi ko‘mir, rezina shinalar yoqyapti” – Ekologik partiya
23:00 / 04.11.2024
“Afsus, vijdon issiqxonada o‘smaydi" - Sherzodxon Qudratxo‘janing posti e’tirozlarga sabab bo‘ldi
10:56 / 03.11.2024