Jahon | 20:46 / 05.10.2020
6604
2 daqiqa o‘qiladi

Rim papasi hisobraqamidan 20 million funt sterling o‘g‘irlandi

Noma'lum shaxslar Rim papasi Fransiskning shaxsiy hisobraqamidan 20 million funt sterling o‘g‘irlashdi. 

Foto: Getty Images

La Repubblica nashrining tergov olib borayotgan jurnalistlarga tayanib xabar berishicha, pullar maxfiy hisobraqamda saqlangan.

“Bu funtlar qayerdan kelib qoldi va nima uchun kerak? Nima uchun papada “maxfiy” hisobraqam bor va nega u funt sterlinglarda? Nahotki, papaga maoshni Britaniya qirolichasi to‘laydi?”, deb savol bilan yuzlangan jurnalist Marko Tosatti. 

Ta'kidlanishicha, ushbu voqea Londondagi ko‘chmas mulk bitimi bilan bog‘langan bo‘lishi mumkin. Ushbu mojaroviy bitim oqibatida Rim papasining yaqin atrofiga kirgan kardinal Jovanni Anjyelo Bechchiu 24 sentyabrda iste'foga chiqqandi. OAVda ta'kidlanishicha, bunday yuqori lavozimdagi shaxslarning Vatikanda iste'foga chiqishi kamdan-kam yuz beradi.  

Kardinalning ta'kidlashicha, uning iste'foga ketishini Rim papasining o‘zi so‘ragan. Bechchiuning aytishicha, u cherkovga tegishli pullarni o‘z ukalariga berishda gumon qilinmoqda. Biroq u bu ayblovlarni rad etgan. 

Kardinal Bechchiu Londondagi mehmonxona qurilishiga cherkov pullarini investitsiya qilgani haqida ma'lumot paydo bo‘lgandan keyin gumon ostiga tushgan. Bu ma'lumot moliyaviy tergov boshlanishiga asos bo‘lgan.

Mavzuga oid