Jamiyat | 18:57 / 05.10.2020
7083
2 daqiqa o‘qiladi

"Samarqand HETK" AJ nafaqat iste'molchilar, balki ishchi-xodimlar uchun ham qulaylik yaratmoqda

"Samarqand hududiy elektr tarmoqlari korxonasi" AJ tarkibidagi yuridik va jismoniy shaxslar davlat va shartnomaviy xizmatlarni ko‘rsatish bo‘limi hamda Samarqand tuman elektr ta'minoti korxonasi ishchi-xodimlari zamonaviy ko‘rinishga ega bo‘lgan ma'muriy binoda ish faoliyatini boshladi.

Shuningdek, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruv raisi tashabbusi bilan “Samarqand tuman elektr ta'minoti korxonasi”ning 1993 yilda qurilgan eski binosi tubdan rekonstruksiya qilindi. Korxona binosining topshirilishida tuman jamoatchiligi, soha faxriylari taklif qilindi. 

Tadbir qatnashchilari korxona ishchi-xodimlarining mehnat sharoiti, iste'molchilar uchun yaratilgan qulayliklar bilan tanishdilar. 

Aytish mumkinki, “Samarqand hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ tomonidan iste'molchilarga elektr energiyasini yetkazib berish va uning barqarorligini ta'minlash hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha bir qator ishlar qilindi. Xususan, 2020/2021 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rildi. Joriy yilning o‘tgan davrida 2767,0 km masofada elektr uzatish tarmoqlari va 788 dona  transformator punktlari, shuningdek, 35/110 kVli kuch transformatorlarnining 8 tasi mukammal ta'mirlandi. 

Shu bilan birga, tadbirda kuz-qish mavsumiga elektr uskuna va tarmoqlarning qay darajada tayyorligi haqida ma'lumot berildi. Masalan, 5534,0 km  masofada elektr uzatish tarmoqlari va 1 575 dona transformator punktlari joriy ta'mirlangan. Shu kunlarda ham ta'mirlash ishlari davom etmoqda.

“Avtovaz” podstansiyasi ham kuz-qish mavsumiga to‘liq tayyor holga keltirildi. Ta'bir joiz bo‘lsa, mavsumda xalqimizning noqulay ahvolga tushmasligi, elektr energiyasidan sababsiz uzilib qolishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun barcha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

 “Samarqand HETK” AJ axborot xizmati

Mavzuga oid