Deksametazon prezidentga şuning uçun tayinlanganki, sönggi kun davomida uning qonida kislorod darajasi ikki marta keskin pasayib ketgan.

Doktor Konli Trampga qöşimça kislorod qabul qiliş tavsiya etilganini aytib ötgan.

Konlining sözlariga köra, prezident duşanba kuniyoq şifoxonadan çiqarilişi, u davolanişni Oq uyda davom ettirişi rejalaştirilmoqda.

  • Deksametazon – ötgan asrning 60 yillaridan beri yalliğlanişga qarşi vosita sifatida foydalanib kelinadigan steroid. U onkologiyada ham qöllanadi. Uşbu dori vositasining ijobiy ta'siri faqat kasallikning oğir bosqiçida bölgan bemorlarda kuzatilgan.

Trampning kasalligi haqida asosiy ma'lumotlar

  • Şanba kuni Trampning şifokori prezidentning holati haqida «ehtiyotkorona optimizm» bilan fikr bildirgandi. U bemorning xavf ostida emasligini ta'kidlagandi.
  • Bu bayonot ortidan kasalxona va Oq uydan Trampning qaçon kasallangani sanasini çalkaştirib yuboruvçi turliça ma'lumotlar tarqaldi.
  • Trampni davolovçi şifokorning sözlari şanba kuni prezident ma'muriyati rahbari Mark Medouz aytgan sözlar bilan mos emasdi. Medouz Trampning sönggi 24 soatdagi holati  «katta xavotir tuğdirgani», keyingi 48 soat hal qiluvçi palla bölişi haqida gapirdi. U prezidentga taşxis qöyilganidan keyin uning ahvoli keskin yomonlaşgani, harorati kötarilib, qondagi kislorod miqdori keskin tuşib ketgani haqida qöşimça qildi.
  • Yakşanba kuni Tramp videomurojaat qilib, özini nisbatan yaxşiroq his qilayotgani haqida gapirdi.

Tramp qanday tadbirlarni ötkazib yuboradi?
AQŞdagi qoidalarga köra, Tramp 14 kun davomida karantin rejimiga ötişi kerak, şuning uçun u 15 oktabr kuni Demokratik partiyadan prezidentlikka nomzod Jo Bayden bilan teledebatda iştirok eta olmasligi mumkin.

Oldinda esa uning ikki hafta içida ötkazilişi rejalaştirilgan uçta mitingi bor.

Tramp prezidentlik vazifalarini bajara olmaydigan darajada kasal bölib qolsa, nima böladi?
AQŞ konstitutsiyasining 25-moddasiga binoan, prezident bu holatda öz vazifalarini vitse-prezidentga topşiradi. Bu esa Mayk Pens uşbu vazifani bajarişini anglatadi. Tramp tuzalib ketgaç, u yana öz örniga qaytadi.

Foto: Getty Images

Xuddi şunga öxşaş vaziyat Ronald Reygan va Jorj Buş ma'muriyati davrida ham sodir bölgan.

Agar prezident bunday qarorni ham qabul qila olmaydigan darajada öta oğir ahvolda bölsa, hukumat va vitse-prezident ham uşbu qarorni qabul qilişi mumkin.

Pens ham koronavirusga çalinib, prezidentlik vazifasini bajara olmay qolsa, AQŞ Vakillar Palatasining Demokratik partiyasi raisi Nensi Pelosi prezident vazifasini bajaradi.

Biroq bunday holda huquqiy nizolar yuzaga kelişi ham mumkin.

Washington Post gazetasining may oyida çop etilgan hisobotida aytilişiça, agar Pelosi uşbu lavozimni egallaşni istamasa yoki öz zimmasiga ololmasa, Senatning vitse-prezidenti, senatda ikkinçi vakolatli şaxs bölmiş respublikaçi senator Çarlz Ernest Grassli uşbu lavozimni egallaşi mumkin.

Agar Tramp saylovlarda qatnaşa olmaydigan darajada kasal bölsa-çi?
Pens prezidentlik vazifalarini bajarsa-da, bu holat Respublikaçilar partiyasi tomonidan uning nomzodi qabul qilinişini anglatmaydi.

Partiya qoidalariga köra, Respublikaçilar milliy qömitasi yangi nomzodni tanlaş uçun yiğiladi. Bu esa uşbu qömitaning 168 iştirokçisining bir qator ovoz beriş jarayonlariga kirişişini anglatadi.

Pens nomzodi ilgari surilişi ehtimoli katta bölsa-da, u yangi vitse-prezidentlikka nomzod bilan kuraşişiga töğri keladi.

Ayni kunga qadar Demokratlar yoki Respublikaçilar partiyasi rasman öz nomzodlarini saylagaç, bu borada özgariş qilmagan.

Saylovni keçiktiriş mumkinmi?
Saylovni keyinga qoldiriş prezident qabul qilişi mumkin bölgan qaror emas, Kongress a'zolarining aksariyati şu yönalişda ovoz berişlari kerak.

Demokratlar nazorati ostidagi Vakillar Palatasida bunday qaror qabul qilinişi dargumon, ya'ni bu tanlanişi mumkin bölgan variant sifatida körilmaydi.

Qonunga köra, AQŞ prezidentlik saylovlari har tört yilda bir marta, noyabr oyining ilk duşanbasidan keyingi seşanba kuni bölib ötadi. Bu esa 2020 yil 3 noyabr sanasiga töğri keladi.

Uşbu qonun özgargan taqdirda ham, konstitutsiyaga köra, bir prezident öz lavozimida tört yilgina ötirişi mumkin. Bu esa 2021 yil 20 yanvarda Trampning prezidentlik muddati tugaşini anglatadi.

Buni özgartiriş uçun esa konstitutsiyaga özgartiriş kiritiş lozim. Buning uçun esa deputatlarning uçdan ikki qismi, boşqaça aytganda, AQŞ ştatlarining törtdan uç qismi yoqlab ovoz berişi lozim. Bu esa hozirgi vaziyatda amalga oşadigan ehtimolga öxşamayapti.

«Pandemiyaning oxiri körinib qoldi»
BBC’ning Oq uydagi korrespondenti Tara Makkelvi

Köp oylar davomida Donald Tramp va uning atrofidagilar heç qaçon tibbiy niqob taqişmadi va xuddi heç qanday pandemiya yöqdek harakat qilişdi. Keyin prezidentga taşxis qöyildi va Trampning tarafdorlari dunyosi keskin özgardi.

Juma kuni prezident tvitteri orqali koronavirusga çalingaç Oq uyda besaranjomlik boşlandi.

Prezidentning yordamçilari va Oq uy xodimlari zör berib tartibni saqlab qolişga urinişdi, ammo umumiy muhit köproq xaosga öxşab ketmoqda. Xavotirlaniş, hayqiriq va biroz yiği ham böldi.

Prezident ötgan vaqt davomida AQŞ soğliqni saqlaş sohasidagi vaziyat haqida optimizm bilan gapirib keldi - xuddi u şu yöl bilan pandemiyani yengmoqçidek edi. Amerikada 200 mingdan ortiq kişi koronavirusdan vafot etdi, ammo Tramp yaqindagina vaziyat nazorat ostida ekanini aytgandi.

Xayriya tadbirlari uçun oldindan tayyorlab qöyilgan va payşanba kuni e'lon qilingan murojaatida u «pandemiya yakuni yaqinligi» haqida gapiradi. Şu hafta boşida prezidentlik debatida esa u demokratlar nomzodi Jo Baydenni hamişa niqob taqib yurgani uçun mazax qilgandi.

Prezidentning virus haqidagi gaplari köplab amerikaliklarni ğazablantirib keladi. Sönggi vaqtlarda uning yordamçilari va maslahatçilari ham virus haqidagi bayonotlarida ehtiyotsizlik qila boşlaşdi. Ular xuddi koronavirusdan xoli dunyoda yaşayotgandek edi. Oq uyda niqob taquvçilar juda kam edi, heç kim tuşlik vaqtida ijtimoiy masofa saqlaşga rioya etmasdi. Ular prezident qarorgohidagi xiyobonda ötkaziladigan marosimlarga yuzlab mehmonlarni taklif etişardi.

Prezident ma'muriyati prezident bilan körişadiganlarni tezkor Covid-19 dan ötkazişlarini aytişadi. Ammo ekspertlar tezkor testlarning işonçliligiga şubha bildirişgan va bu amaldorlarda xavfsizlik haqida yolğon taassurot uyğotişini aytişgan.

Endi prezident kasallandi, uning yordamçilari ofislariga bostirib kelgan haqiqiy xavf qarşisida qolişdi.

Men prezidentning bayonotlari uning tarafdorlariga qanday ta'sir qilişi va ular soğliqni saqlaş sohasidagi vaziyatni qanday önglayotganidan hayratlanişini bilaman («Usiz yana millionlab kişilar halok bölardi», degan uning tarafdorlaridan biri).

Ammo prezidentning özi kasallanişi barça tasavvurlarni yöqqa çiqardi.

Duolar va mitinglar
Donald Trampning tarafdorlari şanba kuni keçqurun şiorlar yozilgan plakatlar va gullar bilan AQŞ prezidenti yotqizilgan Milliy harbiy-tibbiy markaz devorlari oldida yiğila boşladi.

Butun mamlakat böylab şu kabi aksiyalar ötkazildi.

Trampning kasallanişi uning saylovoldi kampaniyasi taqvimiga özgartiriş kiritdi. Tramp qayta saylanişiga umid qilayotgan prezidentlik saylovlari 3 noyabr kuniga belgilangan.

Şifoxona atrofida töplangan Tramp tarafdorlari uning soğligi uçun duo qilişmoqda.

Trampning tarafdorlari öz aksiyalarini ötkazişga harakat qilişdi.

Şanba kuni respublikaçilar butun mamlakat böylab prezidentni qöllab-quvvatlovçi sözlar bilan köçalarga çiqişdi. Kaliforniyada «Tramp uçun» avtokolonnasi taşkil etildi. 

Boşqa ştatlarda, masalan, Floridadagi Fort-Loderdeylda katerlar egalari ham öziga xos kolonna hosil qilişdi.

Qöllab-quvvatlov aksiyasi Nyu-Yorkdagi Steyten-Aylend tumanida ham ötkazildi.