Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bir sutkada kamida o‘n ming qadam yurgan fuqaroning elektron hamyoniga 3 ming so‘m o‘tkazish taklifi berildi

Foto: Unsplash
Bir sutka davomida o‘n ming va undan ortiq qadam yurgan fuqaroning elektron hamyoniga 3 ming so‘m o‘tkaziladi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi axborot xizmati rahbari Otabek Eshmamatov ma’lum qildi.
Vazirlik rasmiysining so‘zlariga ko‘ra, Jismoniy tarbiya va sport, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish, Adliya, Sog‘liqni saqlash va Moliya vazirliklari tomonidan berilgan “Sog‘lom hayot” platformasini yaratish taklifida shu tartibda fuqarolarni rag‘batlantirish rejalashtirilgan.
Brifingda Otabek Eshmamatov ayni paytda jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilgan “Sog‘lom turmush tarzini hayotga keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilganini aytib o‘tdi.
Qarorga ko‘ra, bir kunda kamida o‘n ming, bir oy davomida uch yuz ming, bir yil davomida 3,6 million qadam yurgan shaxsga barcha davlat xizmatlari ko‘rsatish sohasida 50 foiz imtiyoz beriladi hamda sport inshootlaridan foydalanish uchun abonement taqdim etiladi.
Bu aholini kunlik yurish va yugurishga targ‘ib qilish maqsadida yaratiladigan “Yangi nafas” platformasi orqali amalga oshiriladi.
Shuningdek, qarorda 2021 yildan boshlab sentabr oyining uchinchi yakshanba kuni respublika bo‘yicha “Avtomobilsiz kun” deb e’lon qilinishi va shu kuni avtomobilda harakatlanish taqiqlanishi ham belgilangan. Maxsus texnikalar, taksi va yetkazib berish hamda tibbiy tez yordam uchun xizmat ko‘rsatadigan texnikalar, jamoat transportlari, zarur hollarda foydalaniladigan shaxsiy avtomobillar bundan mustasno.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Medgorodok”dagi kabi voqea takrorlanmasligiga kafolat bormi?
Jamiyat | 21:53
-
AQSh birinchi marta Ukrainaga yordam ko‘rsatish uchun «Ko‘ngillilar koalitsiyasi» yig‘ilishiga qo‘shildi
Jahon | 21:34
-
Ilon Mask Grok chatbotining to‘rtinchi avlodini taqdim etdi
Fan-texnika | 21:29
-
Malayziyada politsiya vertolyoti qulab tushdi
Jahon | 21:25
Mavzuga oid

21:14 / 08.01.2025
Kuniga 10 ming qadam yurganlarni rag‘batlantirish taklif etilmoqda

11:19 / 24.12.2024
Atigi ming qadam yurish depressiya xavfini kamaytirishi mumkin – tadqiqot

18:21 / 29.10.2024
SSV o‘zbekistonliklarga piyoda yurish foydalarini eslatdi

20:22 / 21.10.2024