SSV inson özini har tomonlama soğlom his qilişi va taşqi körinişi çiroyli bölişi uçun piyoda yuriş muhimligini eslatgan.

“Yayov yurilganda gavdaning barça muskullari harakatga keladi. Qolaversa, bu maşğulot içki organlar faoliyatiga ham ijobiy ta’sir etadi. Natijada organizmda moddalar almaşinuvi yaxşilanib, yurak tomirlari, şuningdek, nafas va asab tizimi mustahkamlanadi”, – deyiladi vazirlik xabarida.

Ta’kidlanişiça, ertalab işga ketadigan payt piyoda yuriş ham juda foydali. Bu vaqtda inson keçasi uxlab, dam olgani sababli töxtamay 30-40 daqiqa bemalol yayov keza oladi. Vazirlik işxonadan çarçab çiqqandan keyin ham avtobus yoki avtomaşinaga çiqmay, yölning bir qismini piyoda bosişni tavsiya qilgan.

SSV piyoda yurişning quyidagi foydalarini sanagan:

– bir kunda 4 marotaba 10 daqiqadan piyoda yurişni odat qiliş qon bosimini me’yorda tutadi;

– tez-tez qadamlar bilan kuniga 120 qadam yurilsa, 15 daqiqada 100 kkaldan xalos böliş mumkin;

– har kuni 20 daqiqa piyoda yuriş asabiy iş kunining “yuk”laridan xalos bölişga yordam beradi;

– çekişni taşlaşni istaganlar ham çekkisi kelganda 20 daqiqa piyoda yursa, xohiş ayni şu daqiqalarda öz-özidan yöqoladi;

– öt pufagi va içaklarning tölqinli harakatlari oşişi tufayli öt qopida toş paydo bölişi va qabziyatning oldini oladi;

– doimiy piyoda yurgan insonlar şamollaşni tezroq yengib ötadi. Çunki u immunitetni mustahkamlaydi;

– har kuni 1 soat davomida piyoda sayr qilgan kişilar yurak xastaliklariga kamroq duçor böladi. U yurak-qon tomirlar tizimi – vegetativ asab tizimi holatiga ta’siri orqali qon bosimini kamaytiradi, yurak faoliyatini yaxşilaydi.