Yangi tadqiqot natijalariga köra, muntazam yuriş depressiya alomatlarini kamaytirişga yordam beradi, deb yozmoqda JAMA Network Open jurnali.

Kundalik qadamlar sonini ozgina köpaytiriş ham foydali. Kuniga atigi 1000 qöşimça qadam kelajakda depressiyaga çaliniş xavfini 9 foizga kamaytirişga yordam berişi mumkin, deydi London Qirollik kollejining Milliy soğliqni saqlaş va parvarişlaş instituti ilmiy xodimi doktor Brendon Stabbs.

“Tadqiqotimizdan ma’lum bölişiça, odamlarni faollikka undaş depressiyaning oldini olişda samarali usul hisoblanadi, bunda faoliyat turi va qançalik jadalligi muhim emas”, — dedi tadqiqotning yetakçi muallifi, ispaniyalik doktor Bruno Bizozero-Peroni.

Tadqiqot davomida 96 000 dan ortiq katta yoşli odamlar iştirokidagi 33 ta tajriba meta-tahlil qilingan. Harvard tibbiyot maktabining klinik psixologi va dotsent doktor Karmel Çoy depressiya alomatlarini kamaytiradigan qadamlar soni biz öylagandan ança kamligini aytdi.

“Odatda kuniga 10 000 qadam yuriş foydali ekanini eşitamiz, lekin hatto 7 000 qadam ham ruhiy salomatlikni yaxşilaşga yordam beradi”, — deb ta’kidladi u.

Ammo yakuniy xulosa uçun qöşimça tadqiqotlar ötkaziş zarur, çunki meta-tahlilga kiritilgan tajribalar asosan kuzatuv xususiyatiga ega bölib, klinik depressiyadan aziyat çekayotgan şaxslarga emas, balki aholining umumiy qatlamiga qaratilgan. Yuriş depressiyaga ta’sir qiladimi yoki depressiyaga çalingan odamlar şunçaki kam harakatmi, olimlar buni aniq ayta olmaydi.

Aynan sizga mos keladigan harakatlar

Tadqiqot kamçiliklardan xoli bölmasa-da, köproq harakatlaniş depressiya alomatlarini kamaytirişi sir emas. Çoyning aytişiça, ruhiy salomatlikni yaxşilaş yölida köproq qadam taşlaş — yagona çora bölmasligi mumkin.

Mutaxassislar jismoniy faollik böyiça tavsiyalarni kengaytiriş va har bir insonning iştiyoqiga moslaştiriş ustida işlamoqda. Hozirgi paytda harakatlaniş böyiça tavsiyalar asosan vaqtga qaratilgan, masalan, haftasiga 150 daqiqa jismoniy harakat bilan şuğullaniş kerakligi aytiladi.

“Sizni eng köp rağbatlantiradigan ölçovni tanlang”, — dedi Çoy. “Bu qadamlar soni böladimi yoki soatlar farqi yöq, oz bölsa-da harakatlaniş umuman harakat qilmaslikdan yaxşiroq”.