O‘zbekiston | 13:04 / 08.10.2020
2186
2 daqiqa o‘qiladi

Ayrim xo‘jalik sub'yektlariga epidemiyaga qarshi kurashishga yo‘naltirilgan xarajatlari qoplab beriladi 

O‘zbekiston hukumati koronavirus pandemiyasi tufayli yuzaga kelgan iqtisodiy vaziyatda turizm sohasi sub'yektlarini qo‘llab-quvvatlash va turizm infratuzilmasini rivojlantirish to‘g‘risida qaror qabul qildi. 

Turizm sohasining alohida sub'yektlari faoliyati bilan bog‘liq xarajatlarni qisman kompensatsiya qilish va xo‘jalik sub'yektlarining epidemiyaga qarshi kurashish profilaktik tadbirlarini amalga oshirishga yo‘naltirilgan xarajatlarini qoplashning vaqtinchalik tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.

Xo‘jalik sub'yektlariga dezinfeksiya, dezinseksiya, deratizatsiya hamda yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishining oldini olish va darajasini pasaytirishga qaratilgan epidemiyaga qarshi kurashish profilaktik tadbirlarini amalga oshirishga yo‘naltirilgan xarajatlarini qoplash tartibi belgilandi.

Davlat subsidiyasi “Uzbekistan. Safe travel GUARANTEED’' tizimining xavfsiz obektlari reyestriga kiritilgan xo‘jalik sub'yektlariga dezinfeksiya, dezinseksiya, deratizatsiya hamda yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishining oldini olish va darajasini pasaytirishga qaratilgan epidemiyaga qarshi kurashish profilaktik tadbirlarini amalga oshirishga yo‘naltirilgan xarajatlarini to‘liq qoplash uchun ajratiladi.

Xo‘jalik sub'yekti davlat subsidiyasini olish uchun Turizm qo‘mitasiga davlat subsidiyasini olish to‘g‘risidagi ariza bilan yozma yoki elektron shaklda murojaat qiladi.

Bunda arizalarni qabul qilish 2020 yil 15 dekabrga qadar, ularni ko‘rib chiqish 2020 yil 31 dekabrga qadar amalga oshiriladi.

Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

sanitariya-epidemiologiya xizmati tashkilotlari tomonidan dezinfeksiya, dezinseksiya, deratizatsiya hamda yuqumli kasalliklar paydo bo‘lishining oldini olish va darajasini pasaytirishga qaratilgan epidemiyaga qarshi kurashish profilaktik tadbirlari amalga oshirganligini tasdiqlovchi hujjatlar (shartnoma nusxasi, to‘lov cheklari/kvitansiyasi);

sanitariya-epidemiologiya xizmati tashkilotlari tomonidan tegishli xizmat ko‘rsatilgan obektning “Uzbekistan. Safe travel GUARANTEED” tizimining xavfsiz obektlari reyestriga kiritilganligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid