Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun ma'muriy javobgarlik belgilanadi
Yangi tahrirdagi «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonun loyihasi parlamentga kiritildi.
Osiyo taraqqiyot banki va Jahon banki ko‘magida Moliya vazirligi tomonidan jalb etilgan xalqaro darajadagi maslahatchi ekspertlar hamda manfaatdor vazirlik va idoralarning mutaxassislaridan iborat ishchi guruh tomonidan yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasining «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonuni loyihasi ishlab chiqildi.
Qonun loyihasini ishlab chiqishda davlat xaridlari bo‘yicha amaldagi ilg‘or tajriba hamda xalqaro tajriba, shu jumladan, BMTning Xalqaro savdo huquqi bo‘yicha komissiyasining (YuNSITRAL) model qonunchiligining asosiy qoidalari, IHTT tavsiyalari, shu bilan birga, xarid qilish jarayoni xususiyatlari, ma'muriy-hududiy tuzilmalar, o‘rganilayotgan mamlakatlarning har birining davlat organlari vakolatlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi bilan o‘xshashligi e'tiborga olingan.
Davlat xaridlari sohasida ochiqlik va shaffoflikni ta'minlash, davlat xaridlari ishtirokchilariga qulayliklar va keng imkoniyatlar yaratish orqali xarid qilish tartib-taomillarini takomillashtirish maqsadida qonun loyihasiga quyidagi mazmundagi asosiy yangiliklar kiritildi:
- davlat xaridlari sohasida davlat buyurtmachilari qamrovini kengaytirish maqsadida, davlat xaridlarini amalga oshirishning alohida tartibi belgilangan strategik ahamiyatga ega xo‘jalik jamiyatlari va korxonalarning korporativ buyurtmachilar sifatida davlat xaridlarida ishtiroki ta'minlanadi;
- davlat xaridlari bo‘yicha maxsus axborot portali operatorlari sonini oshirish orqali ular o‘rtasida keng raqobat muhitini yaratish maqsadida, davlat xaridlari bo‘yicha maxsus axborot portali operatorlari sonini ko‘paytirish va bu orqali operatorlar o‘rtasida raqobat muhitini yaratish, natijada davlat xaridlari ishtirokchilari uchun qulay sharoit va sifatli xizmat ko‘rsatilishini ta'minlashga erishiladi;
- davlat xaridlari qisqa muddatlarda amalga oshirilishini ta'minlash maqsadida, elektron bozor - bir ish kuni, (amaldagi tahrirda qirq sakkiz soat), auksion - kamida besh ish kuni (amaldagi tahrirda kamida o‘n kun), tanlash - kamida besh ish kuni (amaldagi tahrirda tanlov kamida o‘n kun) va tender - kamida o‘n besh ish kuni (amaldagi tahrirda tender kamida o‘ttiz kun) etib belgilandi;
- davlat buyurtmachilariga xarid qilish tartib-taomillari turlarini tanlash imkoniyatlarini oshirish maqsadida, elektron bozor, auksion va tanlash uchun xaridlarni amalga oshirish mezonlari muvofiqlashtirildi, ya'ni bazaviy hisoblash miqdorining yigirma besh ming baravarigacha (budjet buyurtmachilar uchun olti ming baravarigacha) etib belgilandi;
- davlat xaridlarini amalga oshirish mexanizmlarini elektronlashtirish maqsadida, tender (tanlash) o‘rnatilgan tartibda elektron shaklda amalga oshirilishi belgilandi;
- davlat xaridlari sohasida ochiqlik va shaffoflikni ta'minlash maqsadida xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchilari va davlat xaridlari ijrochilariga o‘zlarining ta'sischilari va benefitsiar mulkdorlarini ochiqlash majburiyati yuklatilmoqda;
- xarid qilinayotgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) sifati yanada oshirilishini ta'minlash maqsadida, tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) yagona milliy klassifikatori joriy etiladi.
Asosiy e'tiborga molik jihati shundaki, Davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlikni belgilash maqsadida davlat xaridlari sub'yektlari va ularning mansabdor shaxslarining ushbu qonun va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq davlat xaridlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etishi va shartnoma bo‘yicha majburiyatlar talab darajasida bajarilishi uchun O‘zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga tegishli normalar kiritilmoqda.
Shu jumladan, bugungi kunda davlat xaridlari to‘g‘risidagi axborot O‘zbekiston Respublikasining «Davlat tili haqida»gi qonunidan kelib chiqib davlat tilida e'lon qilinishi va tarqatilishi shartligi belgilanmoqda.
- Shuningdek, davlat xaridlarida korrupsion holatlarni bartaraf etish maqsadida qonun loyihasida ishtirokchi va xarid qilish tartib-taomillari ishtirokchisining affillangan shaxsi davlat xaridlari bo‘yicha savdolarda bitta lotda ishtirok etishi mumkin emas va hokazo;
- ishtirokchining va (yoki) ushbu ishtirokchining vakolatli vakilining yaqin qarindoshlari ijrochini tanlash bo‘yicha qaror qabul qilish huquqiga ega yoki davlat buyurtmachisining yoki u tomonidan jalb qilingan ixtisoslashgan tashkilotning vakili bo‘lgan hollarda ishtirokchi davlat xaridlarida ishtirok etishiga cheklov belgilanmoqda. Ushbu holat orqali insofsiz raqobatning oldini olishga erishiladi.
«Hozirgi kunda afsuski davlat xaridlarining aksariyat qismi ularning ochiqligi va shaffofligini ta'minlovchi axborot-kommunikatsiya tizimidan foydalanmagan holda amalga oshirib kelinmoqda.
Xarid qilish tartib-taomillarining barcha turlari orqali davlat xaridlarini elektron tarzda amalga oshirish imkoniyatini yaratish sohada yanada ochiqlik va shaffoflikka, raqobat muhiti rivojlanishiga, inson omili qisqarishiga hamda korrupsiyaning oldini olishga erishiladi.
Shuningdek, qonun loyihasining amalga oshirilishi xalqaro reytinglarda mamlakatning bahosini yaxshilashga, shu jumladan, IHTT tashkilotining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Istanbul harakatlar rejasi monitoringi, Davlat moliyasini boshqarish samaradorligini xalqaro baholash (PEFA) tomonidan o‘tkaziladigan baholashlarda yaxshi natijalarga erishishni ta'minlaydi va mamlakatning jahon miqyosidagi obro‘sini oshirib, xorijiy investitsiyalar jalb etilishiga o‘z ta'sirini ko‘rsatadi.
Mazkur hujjatning dolzarbligi va muhimligini inobatga olgan holda qonun loyihasi 30ga yaqin vazirlik va idoralar, shu jumladan, strategik ahamiyatga ega xo‘jalik jamiyatlari va korxonalar bilan kelishilgan.
O‘ylaymizki, ushbu hujjat qabul qilinishi davlat xaridlari sohasida yanada ochiqlik va shaffoflik hamda keng raqobat muhitini ta'minlashga zamin yaratadi», deyiladi Moliya vazirligi xabarida.
Mavzuga oid
00:03 / 28.12.2025
To‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha xarid qilinadigan tovarlar ro‘yxati bekor qilinadi
13:55 / 18.11.2022
“1 yanvardan davlat xaridlari portalini tushunish oson bo‘lgan tarzda yangi shaklda ishga tushiramiz” – Timur Ishmetov
23:38 / 09.11.2022
Prezident davlat xaridlari bo‘yicha tartibni o‘zgartirdi
15:59 / 31.10.2022