“1 yanvardan davlat xaridlari portalini tushunish oson bo‘lgan tarzda yangi shaklda ishga tushiramiz” – Timur Ishmetov

Foto: Senat matbuot xizmati
O‘zbekistonda 2023 yil 1 yanvardan davlat xaridlari portali yangi shaklda ishga tushiriladi. Bu haqda Moliya vaziri Timur Ishmetov Senat yalpi majlisida ma’lum qildi.
Senatning 35-yalpi majlisida senator Abdurahim Erkinov nega Moliya vazirligining hisobotida davlat xaridlariga oid kamchiliklar tilga olinmasligi borasida savol berdi.
“Moliya vazirligi davlat xaridlari to‘g‘risidagi kamchiliklarni Senatdan yashirishdan manfaatdormi? (Qashqadaryoda) 10ta holatda 3,4 mlrd so‘mlik shartnomalarni sun’iy ravishda qismlarga bo‘lib savdoga qo‘yish va 17 holatda 6,6 mlrd so‘mlik boshlang‘ich narxdan yuqori narxda xarid qilingan holatlar bor. Butun respublikada ahvol bundan ham battar bo‘lsa ajab emas”, - dedi senator.
Moliya vaziri Timur Ishmetov savolga javoban hukumatning hisoboti bo‘yicha topshiriq olingani, qonun bilan tasdiqlangach keyingi yildan kelishilgan shaklda taqdim etilishini ma’lum qildi.
U davlat xaridlariga oid kamchiliklarni berkitishdan Moliya vazirligi va umuman hukumatda manfaat yo‘qligini qo‘shimcha qildi.
“Davlat xaridlari portali yaratilgani va u ochiqligi buning isbotidir. Portalda hamma ma’lumotlar bor. Ammo sizlardan va boshqa foydalanuvchilarning tanqidlaridan kelib chiqib portalni qayta ishlab chiqdik. Tegishli xalqaro moliyaviy tashkilotlarning yordamini olib, xalqaro andazaga moslab, ularning grantlarini olib ishlab chiqdik. Keyingi yil 1 yanvardan portal yangi shaklda ishga tushadi. Portaldagi barcha ma’lumotlar hozir ham barchasi ko‘rinib turgan bo‘lsa-da, uni avtomatik ravishda tahlil qilib, (ma’lumotlar) Big data bilan grafikalar shaklida chiqadigan qildik”, - dedi vazir.
Ishmetov portalda ma’lumotlar juda ko‘pligi, har qanday kamchilikni (portal) ichiga kiribgina topish mumkinligini tan oldi.
“Vaholanki, ma’lumotlar ko‘pligi uchun oddiy foydalanuvchiga qiyin. Bu yerda yo‘q deb o‘ylashi mumkin, ammo ma’lumotlar bo‘ladi. Yangi yildan portalni ishga tushiramiz va uni doimiy ravishda takomillashtirib boramiz”, - dedi vazir.
So‘nggi yangiliklar
-
Parlamentda g‘oyalar to‘qnashuvi: Navbatdagi yalpi majlis qanday o‘tdi?
O‘zbekiston | 11:10
-
Xitoy - Qirg‘iziston - O‘zbekiston yo‘nalishida yuk tashuvchilar ogohlantirildi
O‘zbekiston | 10:31
-
Putin Belarusning dronlar uchun zavod qurishga tayyorligini ma’lum qildi
Jahon | 10:00
-
Uch oyda qancha ayolga himoya orderi berilgani ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 09:46
Mavzuga oid

13:39 / 29.04.2025
O‘zbekistonda 2030 yilgacha havoga isciqxona gazlari chiqarilishini 35 foizga kamaytirish rejalashtirilmoqda

19:50 / 28.03.2025
To‘rtko‘l tumani «korrupsiyadan xoli hudud»ga aylantiriladi

16:42 / 17.03.2025
Shaxsning o‘z aybini tan olgani yagona dalil bo‘lsa, u jazoga tortilmaydi

13:14 / 17.03.2025