Rafael Nadal Roland Garros finaliga 13-marta chiqib rekord o‘rnatdi
Ayni vaqtda dunyoning ikkinchi raqamli tennischisi Rafael Nadal Fransiya ochiq chempionati finaliga 13-marta chiqdi va o‘ziga xos rekord o‘rnatdi.

Foto: Global Look Press
“Tuproqli kortlar qiroli” yarim finalda argentinalik tennischi Diyego Shvarsman bilan uchrashib, uni 6:3, 6:3, 7:6 (7:0) hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Ushbu tennischilarning Rimda 19 sentyabrda kechgan avvalgi to‘qnashuvi Shvarsman foydasiga yakunlangandi.
34 yoshli Nadal Roland Garros finaliga 13-marta chiqib, “Katta dubulg‘a” seriyasiga kiruvchi bir turnirning finaliga chiqish sonlari bo‘yicha rekord o‘rnatdi. Shveytsariyalik tennischi Rojyer Federer Uimbldonning finalida 12 marta ishtirok etgan. Bundan tashqari, Nadal biror marta Roland Garros finalida yutqazmagan va ushbu musobaqadagi g‘alabalar bo‘yicha rekordchi (12 marta g‘olib bo‘lgan) hisoblanadi.
Ispaniyalik sportchi Fransiya ochiq chempionati uchrashuvlarida bor-yo‘g‘i 2 marta – 2009 yilda shved Robin Syoderlingga va 2015 yilda chorak finalda Novak Jokovichga yutqazgan.
Umuman olganda, ispaniyalik tennischi hisobida “Katta dubulg‘a”ga kiruvchi musobaqalarda 19 ta g‘alaba bor. Agar u Roland Garros’da g‘alaba qozonsa, “Katta dubulg‘a” musobaqalaridagi g‘alabalar soni bo‘yicha afsonaviy Rojyer Federerga tenglashib oladi.
Musobaqaning ikkinchi finalchisi dunyoning birinchi raqamli tennischisi, serbiyalik Novak Jokovich va grek Stefanos Tsitsipas o‘rtasidagi to‘qnashuvda ma'lum bo‘ladi.
Musobaqaning mukofot jamg‘armasi 38 mln yevroni tashkil qiladi va u 11 oktyabrda o‘z nihoyasiga yetadi.
Tavsiya etamiz
Chigirtkalar bosqini: Bu ham iqlim bilan bog‘liq muammomi?
O‘zbekiston | 15:49 / 14.05.2025
«Eng kambag‘al prezident» Xose Muxika vafot etdi
Jahon | 08:03 / 14.05.2025
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Orol tubida sho‘rlanishga chidamli o‘simlik sinovdan o‘tkazildi
O‘zbekiston | 08:50
-
Medinskiy Ukraina delegatsiyasini 16 may kuni ertalab Istanbulda kutadi
Jahon | 08:49
-
Toshkentda poyezd ustida suratga tushmoqchi bo‘lgan bolalarni tok urdi
Jamiyat | 08:48
-
Putin Rossiya Quruqlikdagi qo‘shinlari bosh qo‘mondonini almashtirdi
Jahon | 08:14
Mavzuga oid

19:32 / 30.01.2022
Australian Open. Dramatik finalda Nadal super kambek evaziga Medvedevni mag‘lub etdi

09:31 / 05.11.2020
Rafael Nadal faoliyatidagi 1000-g‘alabani qo‘lga kiritdi

22:47 / 11.10.2020
Rafael Nadal Roland Garros’ning 13 karra g‘olibi bo‘ldi

00:31 / 20.12.2019