Professional tennisçilar assotsiatsiyasi (ATP) ATP Awards 2019 mukofoti ğoliblarini e'lon qildi. Unga köra, ispan tennisçisi, mavsumni birinçi raqamli tennisçi maqomida yakunlagan Rafael Nadal “yil öyinçisi” deb topildi. 33 yoşli Nadal mavsum oxirida ATP yetakçisi bölgan tarixdagi eng yoşi katta tennisçi böldi.
 
Nadal 2019 yilda “Katta dubulğa”ga kiruvçi 3 ta musobaqa finalida öynagan va ulardan “Rolan Garros” hamda AQŞ oçiq çempionatida ğalaba qozongan. Tennisçi Avstraliya oçiq çempionati finalida serbiyalik Novak Jokoviçga mağlub bölgan.

E'tiborlisi, muxlislar talqiniga köra “yil öyinçisi” sifatida şveysariyalik Rojyer Federer e'tirof etilgan.

Şuningdek, boşqa yönalişlar böyiça ğoliblar ham e'lon qilingan:  

Eng yaxşi juftlik: Xuan Sebastyan Kabal va Robert Fara.
Yil qaytişi: Endi Marrey.
Yilning eng taraqqiy etgan öyinçisi: Matteo Berrettini.
Yilning eng yaxşi yangi öyinçisi: Yannik Sinner.
Sportça xatti-harakat va halol öyin uçun Stefan Edberg mukofoti: Rafael Nadal.
Yil murabbiyi: Jil Servara (Daniil Medvedev murabbiyi).
Yil turnirlari: Doha (ATP 250), Akapulko (ATP 500), Indian-Uells (ATP 1000).

ATP’ning keyingi mavsumi 6 yanvarda Avstraliyaning Brisbenida ATP kubogi va Dohada ATP 250 Qatar Open seriyasiga kiruvçi musobaqa bilan boşlanadi.