4 noyabrda Nadal Parijda ötayotgan “Masters” musobaqasining 2-raundida hamyurti Felisiano Lopes bilan keçgan bahsda uni mağlubiyatga uçratdi. Uşbu uçraşuv 34 yoşli Nadal uçun murakkab keçdi. U dastlabki setni raqibiga 6:4 hisobida boy berdi, 2- va 3-setlarni esa 7:5 va 6:4 hisobida öz foydasiga hal qildi.

Nadalning uşbu musobaqa böyiça keyingi raqibi avstraliyalik Jordan Tompson böladi.

Lopes ustidan qozonilgan ğalaba Nadal uçun faoliyatidagi 1000-ğalaba böldi. Ayni vaqtda uç tennisçigina Nadaldan köproq ğalabaga ega: bular – amerikalik sobiq tennisçi Jimmi Konnors (1274 ta ğalaba), hozirda ham faoliyatini davom ettirayotgan Rojyer Federer (1242) va çexoslovakiyalik sobiq tennisçi Ivan Lendl (1068).

Rafael Nadal ayni vaqtda dunyoning ikkinçi raqamli tennisçisi bölib turibdi. U “Katta dubulğa” seriyasiga kiruvçi musobaqalarning 20tasida ğalaba qozongan. Jumladan, ispaniyalik tennisçi 13 marta Fransiya oçiq çempionati, 2 marta Uimbldon, 4 marta AQŞ oçiq çempionati va bir marta Avstraliya oçiq çempionati ğolibi bölgan. U, şuningdek, bir neçta rekordlar sohibi hisoblanadi.