Dunyo böylab oçarçilikdan aziyat çekayotganlarga oziq-ovqat yetkazib beradigan BMTning insonparvarlik taşkiloti - Butunjahon oziq-ovqat dasturi (World Food Programme (WFP) 2020 yilgi Nobel tinçlik mukofoti sohibi deb topildi. Norvegiya parlamenti tomonidan a'zolari tayinlanadigan Norvegiya Nobel qömitasi şunday qarorga keldi.

Qarorga köra, WFP «oçlik bilan kuraşiş borasidagi sa'y-harakatlari, mojarolardan zarar körgan hududlarda yaşaş şaroitlarini yaxşilaşga qöşgan hissasi hamda uruş va mojarolarda oçarçilikni qurol sifatida işlatmaslikning harakatlantiruvçi kuçi sifatidagi işlari uçun» mukofotga sazovor böldi. 

«Bu yilgi mukofot bilan Norvegiya Nobel qömitasi dunyoning e'tiborini oçarçilikdan aziyat çekayotgan yoki oçarçilik xavfiga duç kelgan millionlab odamlarga qaratişni xohlaydi», - deyiladi qömita xabarida. 

Qömita 2020 yilda butun dunyoga tarqalgan COVID-19 koronavirus infeksiyasi şaroitida qator mintaqalarda oçarçilik xavfi kuçayganligini ta'kidladi. 

Avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin, AQŞ prezidenti Donald Tramp va uning bölajak saylovlardagi raqibi Jo Bayden, rossiyalik muxolifatçi Aleksey Navalniy va boşqalarning tinçlik böyiça Nobel mukofotiga nomzod sifatida körsatilişi haqida xabarlar tarqalgan edi. 

Ötgan yili Nobel tinçlik mukofoti Efiopiya boş vaziri Abiy Ahmad Aliga «tinçlik va xalqaro hamkorlikka erişiş yölidagi sa'y-harakatlari, xususan, qöşni Eritreya bilan çegara mojarosini hal qiliş böyiça qat'iy taşabbusi uçun» berildi. 

2020 yilda Nobel mukofotining miqdori ötgan yilga nisbatan 1 million şved kronasiga köpaytirilib, 10 millionga yetkazildi (1,12 million dollar).  

2020 yilda Nobel haftaligi tibbiyot böyiça mukofot ğoliblari e'lon qilingan 5 oktyabr kunidan boşlandi. U gepatit C virusini aniqlagan amerikalik olimlar Çarlz Rays va Harvi Olter hamda britaniyalik Maykl Houtonga berildi. Bu kasallikni davolaş va qon quyiş orqali uning tarqalişining oldini olişga yordam böldi.