Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Maktabni bitirgan o‘g‘il-qizlar majburan kasb-hunar kollejlariga yuborildi. Oqibatda na kasb, na bilim o‘rganishdi” – Senat raisi
Bugun, 10 oktabr kuni, O‘zbekiston Respublikasi Gender tenglikni ta'minlash masalalari bo‘yicha komissiyasi hamda Senat huzuridagi Yoshlar parlamentining Gender tenglik masalalari komissiyasi tomonidan Xalqaro qizlar kuniga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazildi.
Tadbirda Oliy Majlis Senati raisi, Gender tenglikni ta'minlash masalalari bo‘yicha komissiya raisi Tanzila Norboyeva xotin-qizlar ta'limi darajasi, jamiyatda ayollarga qarshi zo‘ravonlik holatlari ko‘payotganligiga izoh berdi.
“Jamiyatdagi illatlar – ajrimlar, maishiy zo‘ravonlik va boshqa jiddiy muammolar qizlar ta'limiga alohida e'tibor berilmaganligi natijasidir. Buning sabablarini nimalarda ko‘rish mumkin? Shu paytgacha maktabgacha ta'lim qamrovi darajasi juda kam (17 foiz) bo‘lgan. Bog‘cha ta'limining sustligi, keyinchalik maktablarda tarbiya darslarining o‘tilmaganligi, mana, bugun xotin-qizlar bilan bog‘liq og‘riqli muammolar qalqib chiqishiga sabab bo‘lyapti. O‘g‘il-qizlar maktabni bitirgandan keyin endigina kasb tanlayman, desa ularni majburan kollejlarga jo‘natdik. Natijada bola na bilim oldi, na kasb-hunar o‘rgandi.
Kollej o‘quvchisi biron kasb-hunarni o‘rgangan bo‘lsa ham, infratuzilma yo‘qligi sababli chekka hududlarda bu kasbga sharoit, talab bo‘lmadi. Bu esa ishsizlar soni ortishiga sabab bo‘ldi. Oqibatda yoshlarimiz kasbni yaxshi o‘rgana olishmadi, oilaviy qadriyatlarga putur yetdi. Undan tashqari, ishsizlik natijasida xorijga ishga ketish, turli oqimlarga berilish holatlari juda ko‘payib ketdi”, - dedi Norboyeva.
Mavzuga oid
18:58 / 23.04.2026
Parlament komissiyasida o‘rmonlardan foydalanish va cho‘llanishga qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi
10:19 / 22.04.2026
Markaziy Osiyo va Ozarboyjon yetakchi ayollari ustuvor vazifalarni muhokama qildi
19:30 / 27.02.2026
Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘yicha respublika kengashi yig‘ilishi o‘tkazildi
17:51 / 19.02.2026