Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
5,7 milliard so‘mlik tovarlarni noqonuniy olib kirishga bo‘lgan urinish fosh bo‘ldi
Foto: Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati
Toshkent shahrida faoliyat ko‘rsatuvchi korxona nomiga xorijdan keltirilgan, hujjatlarga muvofiq «arra», «qulf» hamda «andava» tovarlari bo‘lgan konteyner bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi, deb xabar bermoqda Davlat bojxona qo‘mitasi.

Natijada, konteynerda yuk kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilgan mazkur tovarlar aslida umuman mavjud emasligi, ularning o‘rniga esa yuk-kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilmagan umumiy qiymati 4 mlrd 550 mln so‘mlik 49 turdagi jami 334 520 dona «Xo‘jalik mollari» hamda «Oshxona anjomlari» tovarlari borligi aniqlandi.

Yana bir holatda esa, temir yo‘l konteynerida keltirilgan 10 turdagi «xo‘jalik mollari» tovarlariga tegishli yuk kuzatuv hujjatlaridagi ma'lumotlar bilan «Inspeksion ko‘rik majmuasi»da tasvirlar o‘rtasida o‘zaro nomuvofiqliklar mavjudligi sababli yuklar bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.
Natijada, yo‘l-yuk kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilmagan
umumiy qiymati 1,2 milliard so‘mlik 4074 dona «xo‘jalik mollari» borligi aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
11:00 / 08.03.2025
“Xodimlarning aralashganligi holati aniqlanmadi” – “Yallama” postidan yuzlab avtomobillarning g‘ayriqonuniy olib o‘tilishida bojxonachilar ishtiroki haqida
11:23 / 25.02.2025
Xalqaro avtobus qatnovlarida yo‘lovchi ma’lumoti bojxona postiga oldindan yetkaziladi
20:25 / 24.02.2025
Bojxona postlarida yengil avtomobil va avtobuslar uchun qizil va yashil yo‘laklar joriy qilinishi mumkin
09:31 / 21.02.2025