Qaysi yo‘nalishdagi oliy ma'lumot egasi 6 oy o‘qib, yurist bo‘lib ishlashi mumkinligini bilasizmi?
Oliy yuridik ma'lumotga ega bo‘lmay turib davlat idoralarida va boshqa tashkilotlarda yuridik xizmat xodimi bo‘lib ishlash mumkinligidan ko‘pchilikning xabari bo‘lmasa kerak. Xo‘sh, buning uchun nimalar talab etiladi?
Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 14 iyundagi 453-sonli qarori bilan Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo‘yicha professional o‘qitish markazida oliy ma'lumotli shaxslarni yuridik mutaxassislikka qayta tayyorlash kurslari tashkil etilgan.
Mazkur kurslar davlat organlari va boshqa tashkilotlarning yuridik xizmatlarida faoliyat olib borish uchun yetarli darajadagi bilim berishni nazarda tutadigan oliy ta'limdan keyingi o‘qitish shakli hisoblanadi.
Kurslarda o‘qish uchun quyidagi 79ta oliy ta'lim yo‘nalishidan birini tamomlagan shaxslar hujjat topshirishi mumkin:
Bular:
1. Matematika o‘qitish metodikasi – 5110100
2. Geografiya va o‘qitish metodikasi – 5110500
3. Tarix o‘qitish metodikasi – 5110600
4. Informatika o‘qitish metodikasi – 5110700
5. Pedagogika va psixologiya – 5110900
6. Kasb ta'limi (yo‘nalishlar bo‘yicha) – 5111000
7. O‘zbek tili va adabiyoti – 5111200
8. Ona tili va adabiyoti (tillar bo‘yicha) – 5111300
9. Xorijiy til va adabiyoti (tillar bo‘yicha) – 5111400
10. Chaqiriqqacha harbiy ta'lim – 5111500
11. Milliy g‘oya, ma'naviyat asoslari va huquqiy ta'lim – 5111600
12. Boshlang‘ich ta'lim va sport-tarbiyaviy ish – 5111700
13. Maktabgacha ta'lim – 5111800
14. Jismoniy madaniyat – 5112000
15. Mehnat ta'limi – 5112100
16. Filologiya va tillarni o‘qitish (tillar bo‘yicha) – 5120100
17. Tarjima nazariyasi va amaliyoti (tillar bo‘yicha)– 5120200
18. Tarix (mamlakatlar va mintaqalar bo‘yicha) – 5120300
19. Falsafa – 5120500
20. Dinshunoslik – 5120600
21. Jahon siyosati (mintaqalar bo‘yicha) – 5120700
22. Sharq falsafasi va madaniyati – 5120800
23. Matematika – 5130100
24. Amaliy matematika va informatika – 5130200
25. Fizika – 5140200
26. Geografiya – 5140600
27. Madaniyat va san'at muassasalarini tashkil etish hamda boshqarish – 5151700
28. Sotsiologiya – 5210100
29. Psixologiya (faoliyat turlari bo‘yicha) – 5210200
30. Jurnalistika va axborot – 220000
31. Jurnalistika (faoliyat turlari bo‘yicha) – 5220100
32. Arxivshunoslik – 5220300
33. Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) – – 5230100
34. Menejment (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) – – 5230200
35. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni tashkil etish (tarmoqlar bo‘yicha) – 5230300
36. Marketing (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) – – 5230400
37. Bojxona ishi (faoliyat turlari bo‘yicha) – – 5230500
38. Moliya – – 5230600
39. Bank ishi – – 5230700
40. Soliqlar va soliqqa tortish – – 5230800
41. Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha) – – 5230900
42. Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va o‘lkashunoslik (mamlakatlar va hududlar bo‘yicha) – 5231000
43. Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar (mintaqalar va faoliyat turlari bo‘yicha) – 5231100
44. Sug‘urta ishi – 5231200
45. Pensiya ishi – 5231300
46. Statistika (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) – 5231400
47. Baholash ishi – 5231500
48. Iqtisod va mehnat sotsiologiyasi – 5231600
49. Kadrlar menejmenti – 5231700
50. Ijtimoiy soha menejmenti va inson resurslari – 5231800
51. Davlat va jamiyat boshqaruvi – 5240300
52. Energetika (tarmoqlar bo‘yicha) – 5310100
53. Yerusti transport tizimlari va ularning ekspluatatsiyasi (transport turlari bo‘yicha) – 5310600
54. Elektronika va asbobsozlik (tarmoqlar bo‘yicha) – 5310800
55. Axborot tizimlarining matematik va dasturiy ta'minoti – 5330100
56. Informatika va axborot texnologiyalari (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) – 5330200
57. Axborot xavfsizligi (sohalar bo‘yicha) – 5330300
58. Kompyuter injiniringi («Kompyuter injiniringi», «AT — Servis», «Axborot xavfsizligi», «Multimedia texnologiyalari») – 5330500
59. Arxitektura (turlari bo‘yicha) – 5340100
60. Bino va inshootlar qurilishi (turlari bo‘yicha) – 5340200
61. Shahar qurilishi va xo‘jaligi – 5340300
62. Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji (turlari bo‘yicha) – 5340400
63. Transport inshootlarining ekspluatatsiyasi (transport inshootlari turlari bo‘yicha) – 5340600
64. Ko‘chmas mulk ekspertizasi va uni boshqarish – 5340900
65. Qiymat injiniringi – 5341100
66. Telekommunikatsiya texnologiyalari («Telekommunikatsiyalar», «Teleradioeshittirish», «Mobil tizimlar») – 5350100
67. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida iqtisodiyot va menejment – 5350300
68. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kasb ta'limi – 5350400
69. Yer tuzish va yer kadastri – 5410700
70. Qishloq xo‘jaligida menejment – 5420100
71. Ijtimoiy ish (faoliyatning turli sohalari bo‘yicha) – 5520100
72. Xizmatlar sohasi (faoliyat turlari va yo‘nalishlari bo‘yicha) – 5610100
73. Mehmonxona xo‘jaligini tashkil etish va boshqarish – 5610200
74. Turizm (faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha) – 5610300
75. Ijtimoiy-madaniy faoliyat – 5610400
76. Sport faoliyati (faoliyat turlari bo‘yicha) – 5610500
77. Tashishni tashkil etish va transport logistikasi (transport turlari bo‘yicha) – 5620100
78. Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha) – 5630100
79. Hayotiy faoliyat xavfsizligi – 5640100
Tinglovchilarni qabul qilish Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan belgilanadigan o‘rinlar miqdoridan kelib chiqqan holda va suhbat natijalariga ko‘ra amalga oshiriladi.
Suhbat yuridik kasbni tanlashning asoslantirilishi, xuquq soxasidagi tayanch bilimlar va tahliliy fikrlashni aniqlash nuktai nazaridan o‘tkaziladi.
Kurslarda ta'lim olish to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. Kontrakt qiymati ayni paytda 10 mln so‘m etib belgilangan.
O‘quv jarayonlari 6 oy davom etadi. O‘qitish asosiy ish joyidan ajralgan holda tashkil etiladi.
Kurs yakuni bo‘yicha tinglovchilarga Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlangan davlat namunasidagi diplom beriladi.
Davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmati to‘g‘risida nizomning 7-bandiga ko‘ra, yuridik xizmat xodimi yoxud yuriskonsult lavozimida TDYuU huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo‘yicha professional o‘qitish markazida yuridik mutaxassislik bo‘yicha qayta tayyorlash kurslarini tamomlagan va belgilangan namunadagi diplomni olgan shaxs ishlashi mumkin.
Shunday ekan, 6 oy o‘qib turib ham davlat organlari va boshqa tashkilotlarning yuridik xizmatlarida yuridik xizmat xodimi, yuriskonsult, yuriskonsult yordamchisi va yuridik xizmat boshlig‘i kabi lavozimlarda ishlasa bo‘ladi.
Ayni damda kurslarga qabul davom etmoqda.
Kurs haqida qo‘shimcha ma'lumotlarni Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo‘yicha professional o‘qitish markazi rasmiy sayti - centersul.uz saytidan olish mumkin
Dilshod Abduqodirov
Mavzuga oid
18:02 / 17.04.2024
Xususiy oliy ta’lim: tijoriy manfaat va sifatli ta’lim muvozanati qanday topiladi?
11:45 / 08.10.2022
Davlat hisobidan beriladigan advokatni elektron tizim orqali tasodifiy tanlash tartibi joriy etiladi
08:09 / 16.11.2020
Bitiruvchilarning OTMga kirish ko‘rsatkichlari bo‘yicha eng katta o‘sish ikki viloyatda qayd etildi
00:18 / 16.11.2020