Toshkentda advokat va yurist qo‘lga olindi
Toshkentda firibgarlik va pora berish jinoyatlarida ayblanib, advokat va yurist ushlandi.

Foto: Videodan kadr
Toshkent shahridagi advokatlik firmasi advokati 1999 yilda tug‘ilgan shaxsga nisbatan 2024 yilda jinoyat ishlari bo‘yicha Yashnobod tuman sudining hukmi bilan tayinlangan 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi bo‘yicha hozirda shahar sudining kassatsiya instansiyasida ko‘rilayotgan shikoyatni mansabdor tanishlari orqali ijobiy hal qilib berishni va’da qilgan.
Xususan, u tayinlangan jazoni 4 yilga kamaytirib berish evaziga, har bir yil uchun 5 ming dollardan, jami 20 ming AQSh dollari olgan vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, mazkur ishga aloqador bo‘lgan, Toshkent shahridagi banklardan birining yuristi ham advokatdan 15 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlangan.
Tergovga qadar tekshiruv davomida bank yuristi prokuratura organlaridagi qarindoshi orqali yordam bermoqchi bo‘lgani aniqlanib, hozirda bu borada tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Holat yuzasidan advokat hamda yuristga nisbatan Jinoyat kodeksining 25,168-moddasining (firibgarlik) 4-qismi “a” bandi va 28, 211-moddasining (pora berish) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Prezident yana bir bor Ukraina, Yaqin Sharq va Afg‘oniston masalasiga e’tibor qaratdi
O‘zbekiston | 10:47
-
O‘zbekiston va Jahon banki 153 mln dollar qiymatdagi loyihani ishga tushiradi
O‘zbekiston | 10:41
-
AQSh: Ukraina bo‘yicha muzokaralar tufayli Rossiyaga bojlar joriy etilmaydi
Jahon | 09:40
-
“Mening bog‘im” loyihasining 2025 yilgi mavsumi boshlandi
O‘zbekiston | 09:18
Mavzuga oid

12:04 / 19.03.2025
Qator hududlarda advokatlarning noqonuniy harakatlari fosh etildi

13:43 / 05.03.2025
Prezident advokatlar duch kelayotgan to‘siqlarni bartaraf etish topshirig‘ini berdi

16:46 / 05.02.2025
Advokat so‘rovini javobsiz qoldirgan IIV tergovchisi ma’muriy jazoga tortildi

15:19 / 21.01.2025