O‘zbekistonliklar farzandlariga eng ko‘p qanday ism qo‘yishmoqda?
Davlat xizmatlari agentligi axborot xizmatining ma'lum qilishicha, o‘zbekistonliklar 2020 yilning ortda qolgan davri mobaynida farzandlariga eng ko‘p Soliha deb ism qo‘yishgan.

Foto: TASS
Joriy yilning ortda qolgan 9 oyi davomida O‘zbekistonda tug‘ilgan chaqaloqlarga eng ko‘p (1 601) Soliha ismi berilgan. O‘g‘il bolalar ichida eng ommabop ism Muhammadali bo‘lib turibdi. 2020 yilning ortda qolgan 9 oyida tug‘ilgan 1 582 o‘g‘il bolaga Muhammadali deb ism qo‘yilgan.
2019 yilda ham Muhammadali va Soliha ismi o‘zbekistonliklar orasida eng ko‘p tanlangan. 2019 yil davomida tug‘ilgan 11 521 chaqaloqqa Muhammadali deb ism qo‘yilgan bo‘lsa, 12 703 chaqaloq Soliha ismini olgan. O‘tgan yilda quyidagi ismlar eng ko‘p qo‘yilgan.
O‘g‘il bolalar:
Muhammadali (11 521);
Mustafo (10 756);
Abdulloh (8 339);
Imronbek (8 244);
Muhammad (5 659).
Qiz bolalar:
Soliha (12 703);
Muslima (8 365);
Imona (7 418);
Mubina (6 148);
Shukrona (5 964).
2018 yilda ham Soliha ismi yangi tug‘ilgan qiz bolalar ichida eng ommabopi bo‘lgan. 2018 yilda tug‘ilgan 7 030 nafar qiz bolalarga Soliha ismi qo‘yilgan. 7 785 o‘g‘il bolaga esa Mustafo ismi tanlangan. 2017 yilda chaqaloqlar orasida eng ommabop ismlar Azizbek va Madina bo‘lgan.
Ma'lumot uchun, dunyoda eng ko‘p tarqalgan ism Muhammad hisoblanadi. Turli manbalarning ma'lumotiga ko‘ra, dunyoda 150 milliondan ortiq Muhammad ismli odam bor. Nafaqat musulmon davlatlarda, balki Yevropada ham bu ism juda mashhur. Masalan, 2015 yilda Angliya va Uelsda Muhammad ismi eng mashhur bo‘lgan. O‘sha yilda Angliya va Uelsda tug‘ilgan 7 361 chaqaloq Muhammad ismini olgan. VVS'ga ko‘ra, 2017 yilda ham Angliya va Uelsda Muhammad eng mashhur ism bo‘lgan. Bu ikki mamlakatda 2017 yilda tug‘ilgan 7 307 nafar chaqaloqqa Muhammad deb ism qo‘yishgan. Qizlar orasida esa eng mashhur ism Sofiya hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Osiyo kubogi g‘oliblari tantanali kutib olindi - foto
Sport | 23:22 / 21.04.2025
“Gentra – qorong‘ilik timsoli” – Mirshakar Fayzulloyev
O‘zbekiston | 19:25 / 20.04.2025
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Putin Ukrainadagi jangovar harakatlarni hozirgi front chizig‘i bo‘ylab to‘xtatishni taklif qildi - FT
Jahon | 01:32
-
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Samarqandga keldi
O‘zbekiston | 23:20 / 22.04.2025
-
Qozog‘istonda ota-onasi qaramog‘isiz qolgan bola O‘zbekistonga qaytarildi
Jamiyat | 23:14 / 22.04.2025
-
NASA zondi noodatiy shaklga ega asteroid suratlarini uzatdi
Jahon | 23:01 / 22.04.2025
Mavzuga oid

17:26 / 08.11.2024
“Embrionlar qarovsiz qolib ketdi” - EKU orqali farzand kutgan ayollar aldandi(mi?)

15:31 / 16.03.2024
To‘ng‘ich, o‘rtancha, kenja – nechanchi farzand bo‘lib tug‘ilish inson shaxsiyatiga ta’sir qiladimi?

17:00 / 19.02.2024
«Bolalarimni o‘qitish uchun mardikorlik qilganman» - ota

08:36 / 17.02.2024