Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoydagi shaharda jadallik bilan koronavirusga qarshi emlash boshlanishi e'lon qilindi
Xitoyning Chjetszyan provinsiyasida joylashgan Tszyasin shahrida Sinovac kompaniyasining koronavirusga qarshi vaksinasi bilan emlash boshlanishi e'lon qilindi. Biroq vaksina hali to‘liq sinovlardan o‘tkazib bo‘linmagan.
Paper nashrining mahalliy kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazi vakiliga tayanib xabar berishicha, shahar ma'muriyati Sinovac vaksinasiga buyurtma bergan va hozirda vaksinalar emlash punktlariga yetkazilmoqda.
“O‘ylashimcha, agar pandemiya va kuz-qish mavsumi yaqinlashmaganda, ushbu emlash vaksina bozorda paydo bo‘lgandan keyingina e'lon qilingan bo‘lardi”, deb ma'lum qilgan markaz vakili.
Uning ta'kidlashicha, vaksinani birinchi navbatda tibbiy xodimlar, chegara nazorati xodimlari oladi. Emlashni, shuningdek, jamoat joylarida ishlovchilar va koronavirusga chalinish xavfi yuqori yoki o‘rta bo‘lgan davlatlarda bo‘lib qaytganlarda o‘tkazish qat'iy tavsiya qilingan.
Emlash ixtiyoriy asosda o‘tkaziladi. Vaksina 18 yoshdan 59 yoshgacha bo‘lgan odamlargagina qo‘llanadi.
Mavzuga oid
18:32 / 08.06.2026
Sun’iy intellekt yaratgan vaksina odamlarda muvaffaqiyatli sinab ko‘rildi
18:24 / 22.05.2026
Ebola yangi shtammiga qarshi vaksina faqat olti-o‘n oydan keyin tayyor bo‘ladi – JSST
22:35 / 17.05.2026
Xitoyda 11-qavatdan qulagan bola tirik qoldi
10:49 / 17.05.2026