Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorvatiya bosh vaziriga noma'lum kukunli tahdid xati jo‘natildi
Xorvatiya bosh vaziri Andrey Plenkovich o‘z nomiga tahdid qilingan va ichiga noma'lum kukun solingan xat oldi. Avvalroq ham Plenkovich nomiga tahdidlar qilingan.
Foto: Global Look Press/European Union/XinHua
HINA agentligining xabar qilishicha, maktub “Xorvatiya demokratik hamdo‘stligi” partiyasi bosh qarorgohiga Plenkovich nomiga jo‘natilgan. Politsiya maktubni ekspertiza uchun olgan va ushbu holat yuzasidan tergov boshlagan.
Ta'kidlanishicha, maktub matni quyidagi so‘zlar bilan yakunlangan: “Sotqinlar uchun “dori”lardan biri – “Novichok”.
Avvalroq ham Plenkovich nomiga tahdidlar bildirilgan. O‘shanda politsiya bosh vazir haqida ijtimoiy tarmoqlarda nomaqbul gaplar tarqatgan ikki gumonlanuvchini hibsga olgan.
Siyosiy qarashlari Plenkovichnikidan farqlanuvchi Xorvatiya prezidenti Zoran Milanovich bosh vazirga tahdidlarga ko‘nikishni maslahat qilgan.
“Tahdidlar ishimizning bir qismidir va o‘zim ham ularni muntazam olib turaman. Agar bu bosim ostida yashay olmasang, unda “oying” oldiga qayt”, deb kinoya qilgan Milanovich.
12 oktyabrda 22 yoshli xorvatiyalik Daniel Bezuk poytaxt Zagrebda davlat muassasalari joylashgan maydonning tashqi perimetrida navbatchilik qilgan uch politsiyachini avtomatdan o‘qqa tutgan. 15 oktyabrda Xorvatiya ichki ishlar vaziri Davor Bojinovich jurnalistlarga hukumat kvartalidagi ushbu hujum va uning bosh vazir hayotiga suiqasd bo‘lishi mumkinligi yuzasidan tergov olib borilayotganini ma'lum qilgan.
Avvalroq, sentyabrda AQShda prezident Donald Trampga zaharli modda solingan maktub jo‘natgan kanadalik ayol ushlangandi.
Mavzuga oid
12:07 / 17.01.2026
Xalqaro qidiruvda bo‘lgan fuqaro Zagrebdan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi
18:37 / 27.12.2025
Xorvatiyada qiyin ahvolda qolgan o‘zbekistonlik oila vatanga qaytarildi
21:07 / 20.12.2025
Xorvatiya va Serbiyada ishlayotgan o‘zbekistonlik fuqarolardan murojaatlar ko‘paygan – Migratsiya agentligi
12:53 / 17.12.2025