21:32 / 20.10.2020
8685

Koronavirusga qarshi emlashda antitanalar kimlarda yomon ishlab chiqilishi ma'lum qilindi

Koronavirusga qarshi emlashda antitanalar keksalarda, ichkilikka ruju qo‘yganlarda, stress holatidagi odamlarda hamda yallig‘lanishga qarshi dori vositalari qabul qiluvchilarda yomon ishlab chiqiladi. 

Foto: Izvestiya

Bunday ma'lumotni Rossiyaning koronavirusga qarshi birinchi vaksinasi “Sputnik V”ni ishlab chiqqan Gamaleya nomidagi markaz rahbari Aleksandr Ginsburg taqdim qildi. 

“80 yoshdan katta odamlarda immun tizimi yoshlarnikiga qaraganda uzoqroq, yomon javob beradi, fermentlar yomon ishlaydi, antitanalar yomonroq ishlab chiqiladi. Biroq ular orasida sog‘lom turmush tarzini olib boruvchi, muntazam suzish bilan shug‘ullanuvchi “yaxshi saqlanganlari” ham bor”, deb ma'lum qilgan Ginsburg.

Mutaxassisning ta'kidlashicha, antitanalar etil spirti C2H5OH, spirtli ichimliklar iste'mol qiluvchilarda ham yomon hosil bo‘ladi. Chunki spirtli ichimliklar har qanday ko‘payuvchi hujayralar uchun zaharli hisoblanadi. Bundan tashqari, organizmda antitanalar paydo bo‘lishiga odamning stress holatdaligi va yallig‘lanishga qarshi dorilar qabul qilishi ham salbiy ta'sir ko‘rsatadi. Oxirgi omillar, qoidaga ko‘ra, onkologik bemorlarga xos  hisoblanadi. 

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma’lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Top