Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pichoq va shu kabi boshqa ashyolarni jamoat joylarida g‘ilofsiz olib yurish taqiqlanadi
O‘zbekistonda sovuq qurollarni hamda qurol o‘rnida foydalanish mumkin bo‘lgan boshqa ashyolarni ishga bog‘liq bo‘lmagan holatlarda jamoat joylarida olib yurish taqiqlanmoqda. Jamoat xavfsizligini ta'minlashga doir tegishli qonun Senatda ma'qullandi.
21 oktabr kungi yalpi majlisda senator Sodiqjon Turdiyev yuqoridagi kabi holatlarda fuqaro jarimaga tortilib, u olib yurgan ashyo musodara qilinishi qanchalik to‘g‘ri ekani haqida savol berdi.
Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, general-mayor Azizbek Ikromovning ta'kidlashicha, qonunda jamoat joylarida pichoq yoki qurol o‘rnida foydalanish mumkin bo‘lgan shunga o‘xshash ashyolar faqat g‘ilofga solingan holda olib yurish belgilangan. U ashyolar g‘ilofsiz, ochiq holda olib yurilsagina jarima qo‘llanishini aytdi.
«Ishlab chiqilgan qonunda va Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksda pichoq yoki shunga o‘xshash qurol o‘rniga o‘tuvchi ashyolar olib yurishga cheklovlar yo‘q. Bu yerda aniq yozilganki, ochiq holdagi g‘ilofsiz pichoqlarni olib yursa bo‘ladi. Kasbiy, sport faoliyatlari yoki xo‘jalik maqsadlarida bemalol pichoq bilan yurish mumkin. Faqat ko‘chada, jamoat joylarida yopiq, g‘ilofga solingan holda olib yurish talab etiladi. Bilasizlar, pichoqlar bozorlarda sotiladi, unga cheklovlar qo‘yilmagan.
Bundan tashqari, bozorda xo‘jalik uskunalarini bemalol borib o‘tkirlasa bo‘ladi. Faqat jamoat joylarda g‘ilof bilan olib yurish kerak. 185-modda 2-qismi bilan sovuq qurol sifatida foydalanilishi mumkin bo‘lgan ashyolarni ochiq holda (g‘ilofsiz) olib yurganlik bo‘yicha protokol tuzish huquqi faqat profilaktika inspektorlariga beriladi. Bu jarayonda qaror chiqarish huquqi esa sudlarga berilgan. Ko‘chada yuradigan ichki ishlar xodimlariga bunday huquq berilmagan.
Qonun qabul qilingandan keyin biz, albatta, bu bo‘yicha darslarni o‘tkazamiz. Qonun mazmun-mohiyatini barcha profilaktika inspektorlariga tushuntiramiz», – dedi Azizbek Ikromov.
Tavsiya etamiz
Soch to‘kilishi, ko‘z osti qorayishi, lab yorilishi: tana tili bizni nimalardan ogohlantiradi?
Jamiyat | 17:08 / 10.07.2025
Roman Starovoyt – urushning kursidagi qurboni
Jahon | 22:00 / 08.07.2025
Qozog‘istonda kuydirgi tarqaldi, ikki qishloq karantinga olindi
Jahon | 17:57 / 08.07.2025
11 iyuldan IELTS imtihonini qog‘ozda topshirish bekor qilinadi
O‘zbekiston | 15:45 / 08.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
O‘zbekistonning umumiy tashqi qarzi 70 mlrd dollarga yaqinlashdi
O‘zbekiston | 15:21
-
Harbiy jinoyatlarda ayblangan Rossiya brigadasi komandiri halok bo‘ldi
Jahon | 15:10
-
O‘zbekiston va Malayziya xalqaro tan olingan o‘quv dasturlarini joriy etadi
O‘zbekiston | 15:00
Mavzuga oid

17:42 / 08.07.2025
UzIMEI bo‘yicha vazir Shermatovga senator so‘rovi yuborildi

12:58 / 26.06.2025
Senat yadroviy zarar uchun javobgarlik to‘g‘risidagi konvensiyaga qo‘shilishni ma’qulladi

11:56 / 12.06.2025
Ayrim tovarlarga import bojini ikki karra oshirib qo‘llash amaliyoti bekor qilinadi

15:13 / 02.06.2025