Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qimmatbaho metallar to‘g‘risidagi qonun senatorlar tomonidan rad etildi
Oliy Majlis Senati sakkizinchi yalpi majlisida «Qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlar to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ko‘rib chiqildi.

Qonun Budjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasida ko‘rib chiqilgan. Qonun qo‘mita a'zosi Quvondiq Sanaqulov tomonidan taqdim etildi.
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2019 yil 18 maydagi «O‘zbekiston Respublikasida zargarlik tarmog‘ini jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni Qonunni tayyorlashga asos bo‘lgani ta'kidlangan.
Majlisda ushbu Qonun Senat qo‘mitasi, tegishli vazirlik va idoralar mutaxassislari va ekspertlar tomonidan ko‘rib chiqilishi jarayonida uning ayrim moddalari qo‘yiladigan talablarga javob bermasligi aniqlangani qayd etildi.
«Qonun qo‘mitamiz tomonidan tegishli vazirlik, idoralar mutaxassislari va ekspertlar ishtirokida har tomonlama o‘rganib chiqilib, uni qayta ko‘rib chiqish zarur degan xulosaga kelindi», deya Quvondiq Sanaqulovning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Xususan, Qonunning 12-moddasi beshinchi va 25-moddasi oltinchi xatboshilarini «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 5-moddasiga muvofiqlashtirish maqsadga muvofiqligi bildirildi.
Davlatning qimmatbaho metallarni sanoat usulida qazib olishni amalga oshiruvchi korxonalar faoliyatiga aralashuvini kamaytirish maqsadida Qonunning tegishli moddalari normalarini qayta ko‘rib chiqish va 15-moddasi talablarini amaldagi qonunchilik hujjatlari normasi bilan muvofiqlashtirish zarurligi ta'kidlandi.

Shuningdek, Qonunning 22-moddasi beshinchi qismida nazarda tutilgan normani O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2020 yil 24 avgustdagi 6044-sonli Farmoni, ya'ni mazkur yo‘nalishdagi faoliyat litsenziyalanadigan faoliyat turlariga kirmasligi to‘g‘risidagi talabga muvofiqlashtirish kerakligi ham qayd etildi.
Senatorlar mazkur Qonunni rad etish bo‘yicha qaror qabul qildi.
Mavzuga oid
19:45 / 13.06.2026
Senat aholini shovqinning zararli ta’siridan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi
15:29 / 13.06.2026
Senat Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risidagi qonunni rad etdi
08:33 / 05.06.2026
AQSh Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirish sari qadam tashladi
17:36 / 23.05.2026