Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Milliy razvedkasi Rossiyani saylovchilar haqida ma'lumot to‘plashda aybladi
AQSh Milliy razvedka direktori Jon Retklifning aytishicha, amerikalik saylovchilarni ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi ma'lumotlar Eron va Rossiyaning qo‘liga tushgan.
“Biz jamoatchilikni ogohlantirmoqchimiz: ikkita xorijiy davlat Eron va Rossiya saylovlarimiz bilan bog‘liq ravishda jamoatchilik fikriga ta'sir o‘tkazishga mo‘ljallangan harakatlar amalga oshirganligini aniqladik. Biz Eron va Rossiya bir-biridan alohida tarzda saylovchilarni ro‘yxatga olish to‘g‘risida ba'zi ma'lumotlarni olganligini tasdiqladik “, - degan u matbuot anjumanida.
Milliy razvedka rahbari ushbu ma'lumotdan ovoz berayotgan fuqarolarda shubha tug‘dirish, saylovlarga bo‘lgan ishonchni pasaytirish uchun foydalanish mumkinligini ta'kidlagan. Shuningdek, u Eronni soxta ovoz berish to‘g‘risidagi videoni tarqatishda ayblagan va bu kadrlarni ishonchsiz degan.
«Bu umidsiz raqiblarning umidsiz choralari», — deya qo‘shimcha qilgan Retklif.
U yana bir bor Qo‘shma Shtatlarning saylovlarga aralashishiga «toqat qilolmasligini» va buni amalga oshirganlarga «badal to‘latish»ga tayyor ekanligini ta'kidlagan.
Rossiya va Eron AQSh saylovlariga aralashish haqidagi ayblovlarni rad etishgan.
Mavzuga oid
21:31 / 26.06.2026
Tramp Eronni Ho‘rmuz bo‘g‘ozidagi sulhni buzganlikda aybladi
11:00 / 26.06.2026
AQSh Ukraina bo‘yicha Alyaskada kelishuv bo‘lganini rad etdi
21:46 / 25.06.2026
Saida Mirziyoyeva AQSh savdo vakili Jyeymison Grir bilan uchrashdi
21:30 / 25.06.2026