Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya va Ukraina bir necha yil ichida ilk marta savdo hamkorligini muhokama qilmoqda
Foto: RIA "Novosti"
Rossiya va Ukraina rasmiylari 2014 yil yanvaridan buyon ilk marta savdo-iqtisodiy hamkorlik masalasida uchrashuv o‘tkazmoqda, deb xabar tarqatdi RIA Novosti.
Davra suhbati Rossiya Savdo-sanoat palatasi va Ukrainaning Mashinasozlar va ish beruvchilar ligasi «Ukrmashstroy» tomonidan tashkil etilgan.
Rossiya tomonidan tadbirda SSP rahbari Sergey Katirin, «Belgorod SSP» uyushmasi bosh direktori Vladimir Gerasimenko ishtirok etmoqda. Ukrainadan oppozitsion platforma – «Hayot uchun» partiyasi siyosiy kengashi raisi Viktor Medvedchuk, Oliy Rada deputati Oleksandr Koltunovich va «Ukrmashstroy» uyushmasi kengashi raisi Vladimir Sachenko onlayn-formatda ishtirok etmoqda.
Avvalroq Medvedchuk Ukrainaning «Ukrmashstroy» mashinasozlari va ish beruvchilari ligasi tarkibiga 240dan ortiq korxona kirishi va ular Rossiyaga eksport qilinmagani sababli 10-30 foiz zarar ko‘rganini aytgan.
Yaqinda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainaning bir qator sanoat korxonalaridan Rossiyaga mahsulot yetkazib berishga ruxsat berish bo‘yicha bosh vazir Mixail Mishustinning g‘oyasini qo‘llab-quvvatlagan.
Mavzuga oid
19:18 / 05.03.2026
Rossiya aeroportida o‘zbekistonlik 10 kg soch bilan ushlandi
14:14 / 05.03.2026
Rostov viloyatida Mi-8 harbiy vertolyoti urib tushirildi
13:31 / 05.03.2026
Ukrainaga 90 mlrd yevro: Germaniya Vengriyaga bosimni kuchaytirmoqda
12:25 / 05.03.2026