AQSh senatorlari Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar joriy qilishni taklif qildi
AQSh senatining bir nechta a'zolari Davlat kotibi Maykl Pompeo va Moliya vaziri Stiven Mnuchinga xat yozib, Rossiya muxolifati yetakchisi Aleksey Navalniyning zaharlanishi ortidan rasmiy Moskvaga qarshi taqiqlov choralarini qo‘llashga chaqirdi.
Bloomberg nashrining yozishicha, xatni demokratlardan Ben Kardin, Dik Durbin va Kris Kuns, respublikachilardan esa Mitt Romni, Marko Rubio va Rojyer Uikerlar imzolagan.
Senatorlar Rossiyaga qarshi «Sergey Magnitskiy nomidagi javobgarlik va qonun ustuvorligi akt»ini yoki «Kimyoviy va biologik qurollar ustidan nazorat» haqidagi qonunni qo‘llashni taklif qilgan.
Avvalroq, Yevropa ittifoqi ham Aleksey Navalniyning zaharlanishi ortidan rossiyalik olti nafar mansabdorga, shuningdek, Rossiya davlat kimyo va texnologiya ilmiy-tekshirish institutiga nisbatan sanksiyalar joriy qilgan edi.
Rossiyalik muxolifatchi, Korrupsiyaga qarshi kurash fond rahbari Aleksey Navalniy 20 avgust kuni Tomskdan Moskvaga qaytayotganda o‘zini yomon his qilgan va samolyot Omsk shahriga favqulodda qo‘nishga majbur bo‘lgandi. Zaharlanish tashxisi bilan kasalxonaga tushgan Navalniy 22 avgust kuni Germaniyadagi «Sharite» klinikasiga olib ketilgach, 7 sentyabrgacha koma holatida bo‘ldi. Keyinchalik oyoqqa turgan Navalniy o‘zining zaharlanishi shaxsan Vladimir Putinning topshirig‘i bilan amalga oshirilganini aytgan.
Mavzuga oid
10:31
AQSh Registon maydoni arxitekturasini saqlab qolish uchun 500 ming dollar ajratdi
23:20 / 13.11.2024
Polshada AQShning raketaga qarshi mudofaa bazasi ochildi
22:44 / 13.11.2024
Tramp ma’muriyatida Ukraina bo‘yicha maxsus vakil bo‘ladi - OAV
22:14 / 13.11.2024