Olimlar binolarni sovituvchi bo‘yoq ishlab chiqishdi
AQShning Perdyu universiteti olimlari binolarni sovitishda mablag‘larni ancha tejashga imkon beruvchi bo‘yoq ishlab chiqishdi.

Foto: Free-Photos
Yangi bo‘yoq o‘zi qoplangan sirtdan 95 foiz quyosh nurini qaytara oladi.
“Bunday bo‘yoq u bilan bo‘yalgan uyni sovitadi va shu tariqa uyni yozda sovitishga ketadigan xarajatlarni kamaytiradi. Bunday uyda konditsionerni kamroq yoqishga to‘g‘ri keladi”, deb ta'kidlashmoqda olimlar.
Ularning aytishicha, bunday xossaga ega bo‘yoqlar avval ham taqdim etilgan, biroq ular quyosh nurlarini kamroq darajada qaytargan.
Bo‘yoq tarkibida nisbatan arzon va ultrabinafsha nurlarni kamroq yutuvchi kalsiy karbonatdan iborat to‘ldirgich va kalsiy karbonatning turli o‘lchamdagi zarralari bor. Bu zarralar quyosh nurini yaxshi qaytaradi va salqinlikni uzoq vaqt saqlaydi.
Olimlar yangi bo‘yoqni ikki kun davomida ochiq havoda sinovdan o‘tkazishgan va u bilan qoplangan material atrof-muhit haroratidan 1,7 daraja sovuqroq bo‘lganini aniqlashgan. Tungi vaqtda esa ushbu material atrof-muhit haroratidan 10 daraja sovuqroq bo‘lgan.
Tavsiya etamiz
40 daraja issiq: bunaqa paytda xodimlar qanday huquqlarga ega?
Jamiyat | 17:15 / 03.07.2025
Issiqdan qanday saqlanish kerak? – JSST tavsiyalari
O‘zbekiston | 16:06 / 02.07.2025
Nima uchun Koreyani tanlash yoki tanlamaslik kerak? | SUBYEKTIV
Jamiyat | 19:02 / 30.06.2025
Urush tugadi, endi Isroil va Eron nima qiladi?
Jahon | 12:02 / 30.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Namibiya iqtisodiy tejamkorlik maqsadida davlat dafn marosimlari bekor qilindi
Jahon | 00:30
-
Bloomberg: Germaniya 1000 tagacha Leopard 2 tanklarini xarid qiladi
Jahon | 00:11
-
Farg‘onada YPX xodimlari Malibu’ning jarimalarini asossiz bekor qilib kelgani aniqlandi
O‘zbekiston | 23:53 / 04.07.2025
-
AQShda xatolik tufayli 400 yilga qamalgan erkakka 1,7 mln dollar kompensatsiya to‘landi
Jahon | 23:34 / 04.07.2025
Mavzuga oid

21:33 / 28.05.2020
Olimlar: quyosh nuri koronavirusni 15 daqiqada yo‘q qila oladi

07:06 / 24.04.2020
Tramp koronavirusni quyosh nuri bilan davolashni taklif qildi

10:39 / 27.04.2018
Ta'mirlash ishlarini boshlamoqchimisiz? Faqat Atlas va Artek lok-bo‘yoq mahsulotlari!

11:14 / 17.04.2018