Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Milliy gvardiyaning Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i o‘zgardi
Milliy gvardiyaning Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i tayinlandi. Bu haqda Milliy gvardiya axborot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, polkovnik O‘tkirbek Yunusaliyevich Xolboyev O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i lavozimini egalladi.
Tayinlovga qadar O‘tkirbek Xolboyev Milliy gvardiya Toshkent viloyati Chirchiq shahridagi bo‘linma komandirining xizmatni tashkillashtirish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimida xizmat olib borgan.
Eslatib o‘tamiz, shu vaqtga qadar podpolkovnik Qudratjon O‘rinboyev Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgandi.
Mavzuga oid
18:20 / 23.06.2026
Qirg‘iziston va O‘zbekiston qishloqlarini almashdi
08:45 / 23.06.2026
Farg‘ona va Xorazmda narkotik moddalar qo‘lga olindi
08:24 / 04.06.2026
Farg‘onada membranali suv havzasida bir kishi cho‘kib ketdi
16:15 / 23.05.2026