Prezident O‘zbekistonda Harbiy tibbiyot akademiyasini tashkil etish to‘g‘risida qaror imzoladi
Yuqori malakali ofitser kadrlar tayyorlash tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, ular uchun uzluksiz, bosqichma-bosqich va maqsadli o‘qitish tizimini yaratish hamda harbiy-tibbiy sohada ta'lim, fan va amaliyot uyg‘unligini ta'minlash maqsad qilingan.

Illyustrativ foto
Prezident “Harbiy tibbiyot sohasida kadrlarni tayyorlashning sifat jihatidan yangi tizimini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi. Hujjat matni O‘zA tomonidan e'lon qilindi.
Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi Harbiy-tibbiyot fakulteti negizida Mudofaa vazirligining yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan Qurolli Kuchlar Harbiy tibbiyot akademiyasi tashkil etilmoqda.
Quyidagilar Akademiyaning asosiy vazifalari etib belgilandi:
- Qurolli Kuchlar tarkibiga kiruvchi vazirliklar va idoralar uchun harbiy tibbiyot sohasida zamonaviy talablarga javob beradigan kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
- tibbiyot sohasida tor mutaxassislarni, ilmiy-pedagogik kadrlarni hamda zaxira va rezervdagi tibbiyot xizmati ofitserlarini tayyorlash;
- ta'lim jarayoniga xalqaro ta'lim standartlariga asoslangan ilg‘or pedagogik va innovatsion tibbiyot texnologiyalari, zamonaviy o‘quv dasturlari va o‘quv-uslubiy yondashuvlarni keng joriy etish;
- harbiy tibbiyot amaliyotida mavjud muammolarning yechimiga qaratilgan fundamental, amaliy va innovatsion ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish;
- milliy va xorijiy yetakchi oliy, oliy harbiy ta'lim hamda ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan o‘zaro hamkorlikda ta'lim jarayonini rivojlantirish, sog‘liqni saqlash sohasida ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazish;
- ta'lim oluvchilarni insonparvarlik va yuksak ma'naviy g‘oyalar asosida, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash.
Belgilanishicha, Akademiya:
- davlat oliy harbiy ta'lim muassasasi hisoblanadi;
- Toshkent tibbiyot akademiyasi huzuridagi Harbiy-tibbiyot fakultetining barcha huquqlari, majburiyatlari va shartnomalari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
- Davlat gerbi tasviri va davlat tilida nomi tushirilgan muhr, bank hisobvarag‘i va xorijiy valutadagi bank hisobvarag‘i, shtamp va boshqa rekvizitlarga ega bo‘ladi.
Shunday tartib o‘rnatiladiki, unga muvofiq:
- Akademiyada tahsil olish uchun 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab nomzodlar O‘zbekiston oliy tibbiy ta'lim muassasalari davolash fakultetlarining beshinchi bosqichini va tibbiy-profilaktika fakultetlarining to‘rtinchi bosqichini tamomlagan, o‘qish yakunlari bo‘yicha eng yuqori natijalarni ko‘rsatgan, o‘qishini Harbiy tibbiyot akademiyasida davom ettirish va kelgusida kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatni o‘tash istagini bildirgan, shuningdek, sog‘lig‘ining holatiga ko‘ra harbiy xizmatga yaroqli bo‘lgan talabalar orasidan Mudofaa vazirligi tomonidan tanlab olinadi;
- Akademiyada kursantlarning majburiy ikki yillik o‘qishi ikki bosqichli harbiy tibbiyot o‘quv dasturi asosida: birinchi yil – bakalavriatda, ikkinchi yil – Qurolli Kuchlar uchun zarur bo‘lgan mutaxassisliklar bo‘yicha harbiy internaturada amalga oshiriladi;
- Akademiyaning bakalavriat bosqichini tamomlagan kursantlarga dastlabki “tibbiy xizmat leytenanti” harbiy unvoni va “harbiy vrach” mutaxassisligini beradigan davlat namunasidagi diplom hamda harbiy internaturani tamomlagach, navbatdagi “tibbiy xizmat katta leytenanti” harbiy unvoni va tegishli mutaxassislik berilganligi to‘g‘risida belgilangan namunadagi guvohnoma beriladi;
- Akademiyaning harbiy tibbiyot o‘quv dasturi asosida ta'lim olgan bitiruvchilarning oliy tibbiy ta'lim muassasalari davolash va tibbiy-profilaktika fakultetlaridagi o‘qishi Akademiyadagi o‘qishga tenglashtiriladi;
- tibbiyot sohasidagi tor mutaxassisliklar bo‘yicha tibbiyot kadrlari Akademiyaning klinik ordinatura va magistraturasida, ilmiy-pedagogik kadrlar esa uning doktoranturasida tayyorlanadi;
- Mudofaa vazirligi Markaziy harbiy klinik gospitali Akademiyaning o‘quv va klinik bazasi, shuningdek, asosiy ta'minot markazi hisoblanadi.
Akademiyaga 2021/2022 o‘quv yilidan boshlab:
- boshqa tibbiy ta'lim muassasalarini bitirgan tibbiyot xodimlarini to‘lov-kontrakt asosida qayta tayyorlash va malakasini oshirishga;
- hukumatlararo bitim va shartnomalar asosida xorijiy davlatlar uchun tibbiyot kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishga ruxsat etiladi.
Tavsiya etamiz
Samarqand shahriga kirish yo‘llari vaqtincha yopiladi
O‘zbekiston | 21:35 / 30.03.2025
Dunyo bo‘ylab Ramazon hayiti qanday kutib olindi – fotolar
Jahon | 20:30 / 30.03.2025
AQSh «Tolibon» bilan aloqa o‘rnatyaptimi?
Jahon | 16:25 / 30.03.2025
Germaniyadagi shaharcha gazetada e’lon berib, yangi hokim axtarmoqda
Jahon | 07:57 / 30.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Fuqarolarning hujjatsiz uy-joylarga nisbatan huquqlarini e’tirof etish boshlandi
O‘zbekiston | 21:10
-
O‘zbekiston vakili Fransiyaning «San’at va adabiyot» ordeni bilan taqdirlandi
O‘zbekiston | 21:07
-
Argentina prezidenti biznesmenlar bilan kechki ovqatlarda uchrashish uchun 20 ming dollargacha pul olgan - Bloomberg
Jahon | 20:58
-
Myanmada halok bo‘lganlar soni 2700 dan oshdi. Harbiy xunta vaziyatni og‘irlashtirmoqda
Jahon | 20:53
Mavzuga oid

17:58 / 14.01.2025
Milliy armiyamiz yoshlar uchun mardlik va shon-sharaf maktabiga aylanmoqda - Mirziyoyev

23:01 / 26.02.2024
Qo‘shinlarni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimlari joriy etiladi

20:16 / 13.01.2024
Prezident Qurolli Kuchlar tashkil etilganining 32 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tabrik yo‘lladi

19:56 / 02.01.2024