Sovuq suvda çömiliş demensiyaning oldini olişi mumkinmi?
|16:09 / 25.10.202051 11810 min
Kembrij universiteti olimlarining aniqlaşiça, sovuq suvda çömiliş demensiya kabi miya degenerativ kasalliklarining oldini oladi.
Demensiya - bir qator kasalliklarning umumiy atalişi bölib, unda miya töqimalarining ölişi röy beradi. Kasallik miya töqimalarining bir-biriga uzviyligini ta'minlaydigan atsetilxolin moddasi yetişmasligidan kelib çiqadi. Bunda bemorlarning 60 foizida Alsgeymer kuzatiladi. Kasallik vaqt ötişi bilan kuçayib boradi va bemorning butunlay imkonsizligiga olib keladi.
Uning birinçi belgisi sifatida eslaş qobiliyati buziladi. Keksa odam nafaqat yangi xabarni eslay olmaydi, balki özida ilgari mavjud xabarlarni ham esdan çiqaradi. U keça, undan oldin, ötgan yil nima bölganini xotirasidan yöqotadi. Bemorlar köproq bolalik xotiralarini yodga ola boşlaşadi. Özlarining xotiralari bilan vaqtlarni özgartirib yuborişadi. Demensiyaga uçragan xastalarning kundalik hayotlari özgaradi, ular endi öz-özlariga xizmat qila olişmaydi. Kiyiniş, şaxsiy gigiyenaga rioya qiliş, ovqatlaniş qobiliyatlari unutiladi. Jamiyat tartiblari öz ahamiyatini yöqotadi. Oxir-oqibat bemor atrofdagilarga töliq tobe bölib qoladi.
Olimlar Londonning Hempsted-Hit parki basseynida suzuvçi «morjlar» qonida ilk marta maxsus «sovuq şok» oqsilini aniqlaşga muvaffaq bölişdi.
Uşbu oqsil demensiya rivojlanişini susaytiradi va siçqonlar ustida ötkazilgan tajribalarda isbotlanganidek, hatto uşbu kasallik natijasida zararlangan asab tolalarini qayta tiklaşga qodir.
Kembrij universitetining Demensiyani örganiş böyiça tadqiqot markazi rahbari, professor Jovanna Malluççining sözlariga köra, uşbu kaşfiyot Alsgeymer kasalligi rivojlanişining oldini olişga yordam beruvçi yangi dori yaratilişiga turtki bölişi mumkin.
Olimlarni birinçi navbatda deyarli barça sutemizuvçilarning past taşqi harorat ta'siri ostida karaxt holatga tuşiş qobiliyati qiziqtiradi. Bunday holatda tanadagi barça hayotiy jarayonlar sekinlaşadi.
Aniq yutuqlarga qaramay, uşbu tadqiqot hali boşlanğiç bosqiçda.
Buyuk Britaniyada hozirgi kunda qarilik demensiyasining turli darajalaridan 1 milliondan ortiq bemor aziyat çekmoqda va bu raqam 2050 yilga kelib ikki baravarga ortadi.
Uşbu kasallikdan samarali davolaş usuli hali yaratilmagan.
Ayiqlar va tipratikanlar
Inson tana harorati sovişining miyani muayyan holatlarda himoya qilişi mumkinligi şifokorlarga avvaldan ma'lum.
Mavzuga oid
Miya jarohati olgan insonlarga yoki yurak jarrohlik amaliyoti oldidan tana haroratini pasaytiriş orqali anabioz kiritiladi.
Biroq, olimlar sovuq nima uçun bunday himoya ta'siriga egaligini aniqlay olişmagan.
Ma'lum bölişiça, bu sinapslar - miyaning asab hujayralari orasidagi aloqa joylarining paydo bölişi va parçalanişi bilan boğliq.
Alsgeymer kasalligi va boşqa neyrodegenerativ xastaliklar rivojlanişining dastlabki bosqiçlarida uşbu neyron aloqalar şikastlanadi.
Bu demensiyaga xos bölgan unutuvçanlik, ong çalkaşişi, kayfiyatning keskin özgarişi va keyinçalik miyaning butun bir qismi halokatga uçraşi kabi bir qator alomatlarga sabab böladi.
Professor Malluççini alohida qiziqtirgan jihat şundaki, miyadagi neyron hududlarning şunga öxşaş qurib qolişi qiş uyqusiga ketuvçi hayvonlar, masalan, ayiqlar, tipratikanlar va körşapalaklarda ham kuzatiladi.
Ulardagi sinapslarning taxminan 20-30 foizi qiş uyqusidagi organizmning barça hayotiy jarayonlari sekinlaşişi bilan qurib qoladigandek tuyiladi.
Biroq sinapslar hayvonlarning bahor kelib qiş uyqusidan uyğonişi bilan hayratlanarli ravişda qayta tiklanadi.
Sovuq nima sababli xavfli bölişi mumkin?
Sovuq inson tanasiga juda kuçli ta'sir körsatadi.
Sovuq suvga tuşiş şoki pulsning keskin tezlaşişi va qon bosimi kötarilişiga olib keladi, bu esa yurak-qon tomir kasalliklari bilan oğrigan odamlarda miokard infarkti yoki insult xavfini orttirişi mumkin.
Bu, şuningdek, konvulsiv nafas oliş xurujiga (akaşak) olib kelişi ehtimoli bor va odam oxir-oqibat böğilib, çökib ketişi ham mumkin.
Odam suvda qança köp vaqt qolsa, uning reaksiyalari şunçalik sekinlaşadi. Ba'zida odamlar bunday vaziyatda öz çaqqonligini yöqotadi, çalkaşliklarni his qiladi va qirğoqqa çiqişda qiyinçiliklarga duç keladi.
Porsmut universitetining Ekstremal şaroitlarni tadqiq qiliş laboratoriyasi doktori Hezer Messining ta'kidlaşiça, bir neça asosiy qoidani yodda tutiş kerak:
Sovuq suvga şönğişdan avval soğliğingiz bunga imkon bera olişiga amin bölişingiz kerak va agar şubhalansangiz, şifokor bilan maslahatlaşing;
Qişki suzişga odatlangan va mahalliy havzalarni biladigan odamlar bilan suzing;
Sovqotişni boşlaşingiz bilanoq suvdan çiqing;
Boşpana toping, höl kiyimlaringizni yeçib, quruq kiyimga öting va iloji boriça köproq kiyim kiying, jun qalpoq va qölqoplarni unutmang;
Harakatlaning, yengil maşqlar bajaring, qöllaringizni silkiting va tanadagi titroqdan qörqmang - aynan şu tezroq isinişga yordam beradi.
Ammo, doktor Messining ogohlantirişiça, issiq vanna yoki duş qabul qilmang.
Tana isişi bilan qon bosimi keskin pasayişi mumkin, bu esa huşdan ketişga olib keladi.
«Sovuq şok» va uning kimyoviy tarkibiy qismi
Kembrij olimlari guruhi 2015 yildayoq organizmdagi sovuq şokka hamrohlik qiluvçi öziga xos kimyoviy moddalarni topişgandi.
Tajriba davomida ular odatiy soğlom siçqonlarni, şuningdek, Alsgeymer va prion (neyrodegenerativ tasnifga oid) kasalligiga çalingan siçqonlarni gipotermiya holatigaça sovutişdi - ya'ni siçqonlarning tana harorati Tselsiy böyiça 35 darajadan pastga tuşdi.
Hayvonlar normal holatga qaytarilgandan söng, faqat odatiy siçqonlar özlarining barça neyron aloqalarini yoki sinapslarini tiklay olişi, ammo Alsgeymer va prion kasalligi bilan oğriganlar bunga qodir emasligi aniqlandi.
Olimlar, şuningdek, «sovuq şok»ni boşdan keçirayotgan organizm tomonidan işlab çiqarilgan RBM3 oqsilining darajasi soğlom siçqonlarda keskin kötarilib tuşgan, ammo bemorlarda esa - yöq.
Bu şuni körsatdiki, aynan RBM3 oqsillari yangi neyron boğlanişlarning paydo bölişi uçun javobgar bölişi mumkin.
Kembrij universiteti olimlari öz kaşfiyotlarini siçqonlarda RBM3 oqsili darajasini sun'iy oşiriş usuli orqali Alsgeymer va prion kasalliklarida miya hujayralari halokatini oldini oliş mumkinligini isbotlagan boşqa bir tajriba orqali isbotlaşdi.
Bu demensiyani tadqiq qilişda katta yutuq hisoblanadi. Olimlarning xulosalari Nature ilmiy jurnalida e'lon qilindi.
Qişda çömiluvçilar
Endi professor Malluççi tanadagi RBM3 oqsilini işlab çiqarişni qözğatişi mumkin bölgan dori odamlarda neyrodegenerativ kasalliklar rivojlanişini pasaytirişga va hatto qisman davolaşga yordam berişi mumkin deb hisoblamoqda.
RBM3 oqsili odam qonining odatiy tahlilida aniqlanmagani sababli, uning paydo bölişini aniq tuşuniş mantiqiy qadam edi, ammo buning uçun tajribada iştirok etuvçilarni gipotermiyaga duçor qiliş kerak böldi.
Tibbiy etika qoidalariga köra, buni amalga oşiriş unçalik oson bölmagan, bu haqda professor Malluççi bir vaqtlar BBC radiosiga bergan intervyusida aytib ötgan.
Keyinçalik Londonning Hempstid-Hit parkidagi oçiq hovuzda qişda suzişni yaxşi köruvçi ixlosmandlar kiçik guruhidan bölgan suzuvçi Martin Peyt yordamga keldi.
U professorga elektron poçta orqali xabar yuboradi va unda özi singari bir neça kişi morjlar bilan muntazam ravişda - ilmiy maqsadlar uçun - sovuq suvda suzişga tayyorligini aytadi.
Professor Malluççi 2016-2018 yillar oraliğidagi uç qiş davom etgan uşbu tajribaga rozi böladi va uning jamoasi iştirokçilar qonidagi «sovuq şok» oqsilini muntazam ravişda ölçab turadi.
Nazorat guruhi sifatida olimlar basseyn yonida maşğulot olib borgan, ammo qişda unda heç qaçon suzmagan tay-çi klubi a'zolarini tanlaşgan.
Asosiy guruh iştirokçilarining aksariyatida tana harorati 34 darajagaça tuşib, RBM3 oqsili miqdori oşgani ma'lum böldi.
Şu bilan birga, tay-çi guruhining heç bir a'zosida RBM3 oqsili topilmadi, ammo ular bu kabi keskin gipotermiyani boşdan keçirişmadi.
Sovuq demensiya rivojlanişini sekinlaştirişi mumkinmi?
Qişki suzuvçilar guruhi bilan olib borilgan tadqiqotlarning borişini bir qator onlayn ma'ruzalarda köriş mumkin, ammo bu borada hali ilmiy maqola yöq.
Boşqa bir qator tadqiqotlarda olimlar, masalan, infarkt yoki insultga uçragan va sun'iy gipotermiyani boşdan keçirgan çaqaloqlar yoki bemorlarda RBM3 oqsilining yuqori darajasini aniqlaşdi.
Bularning barçasi odamlarning qiş uyqusiga ketuvçi sutemizuvçilar singari «sovuq şok» oqsillarini mustaqil işlab çiqarişi mumkinligini körsatadi, deydi professor Malluççi.
Biroq, gipotermiya xavfi potensial foydadan ustundir, şuning uçun sovuq suvda suziş demensiyani davolaş vositasi emas.
Uning sözlariga köra, hozirgi vazifa inson organizmida uşbu oqsilni işlab çiqarişni rağbatlantiradigan dori yaratişdir. Bu haqiqatan ham demensiya boşlanişini keçiktirişga yordam berişiga işonç hosil qiliş yanada muhimdir.
Ma'lumki, bu keksa odamlarning kasalligi, şuning uçun uşbu kasallik rivojlanişining ozgina keçikişi ham şaxsning, ham butun jamiyatning hayot sifatiga ulkan ta'sir körsatişi mumkin.
«Agar butun aholi örtasidagi demensiya rivojlanişi xavfini atigi bir neça yilga sekinlaştirişning iloji topilsa, bu iqtisodiyot, qolaversa soğliqni saqlaş sohasida juda katta ta'sirga olib keladi», deb hisoblaydi professor Malluççi.