So‘nggi 8 yil ichida inson miyasidagi mikroplastik zarrachalar 50 foizga oshdi - tadqiqot
Tahlil 1997 yildan 2024 yilgacha inson miyasida mikroplastik zarrachalar miqdorining barqaror o‘sishini, 2016 yildan 2024 yilgacha esa 50 foizga oshganini ko‘rsatdi.

Foto: Shutterstock
Inson miyasida standart plastik qoshiq yasash uchun yetarlicha plastmassa bo‘lishi mumkin. AQSh Nyu-Meksiko universiteti olimlari 1997–2013, 2016 va 2024 yillarda vafot etgan odamlarning miya to‘qimalari namunalarini tahlil qilib, shunday xulosaga kelishdi.
Tahlil 1997 yildan 2024 yilgacha inson miyasida mikroplastik zarrachalar miqdorining barqaror o‘sishini, 2016 yildan 2024 yilgacha esa 50 foizga oshganini ko‘rsatdi. Tadqiqot Nature Medicine jurnalida chop etildi.
Inson miyasida ko‘pincha polietilen zarralari topildi. U barcha mikrozarralarning 75 foizini tashkil qiladi.
«Biz 45 yoshdan 50 yoshgacha bo‘lgan oddiy odamning miyasida ko‘rgan konsentratsiya har bir gramm uchun 4800 mkg yoki og‘irlik bo‘yicha 0,48 foizni tashkil qildi», dedi Nyu-Meksiko universiteti farmatsevtika fanlari professori va tadqiqot hammuallifi Metyu Kampen.
Bu bitta plastik qoshiqni tayyorlash uchun yetarli miqdor. Konsentratsiya yoshi, jinsi, etnik kelib chiqishi va o‘lim sababiga bog‘liq emas. Ammo tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, demensiya bilan og‘rigan odamlarda zarrachalar darajasi sog‘lom odamlarga qaraganda olti baravar yuqori. Mutaxassislar tadqiqotni davom ettirish zarur deb hisoblab, bu faktlar o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqlik haqida gapirishdan tiyilmoqda.
Tavsiya etamiz
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
Moskvada shaharni bilishini isbotlab bermagan taksichilar jarimaga tortiladi
Jahon | 20:35 / 27.05.2025
Bozor – go‘sht narxi haqida: “Yem-xashak qimmat, mol boqish oson bo‘lmay qoldi”
O‘zbekiston | 17:00 / 27.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Rossiyaning bir hududi o‘zbeklarning tarixiy vatani deb ataldi
Jahon | 16:41
-
To‘qayev Qozog‘iston nega BRICS a’zosi bo‘lmasligini tushuntirdi
Jahon | 16:38
-
O‘zbekiston va Italiya atom energiyasi sohasida hamkorlik qiladi
O‘zbekiston | 16:09
-
AQShning G‘azo bo‘yicha sulhi: Isroil qabul qildi, Hamas ko‘rib chiqmoqda. Tafsilotlar
Jahon | 16:07
Mavzuga oid

18:18 / 23.05.2025
Ijtimoiy tarmoqlar o‘smirlarda depressiyani kuchaytirishi isbotlandi

16:25 / 21.05.2025
Bolalar saratoni bo‘yicha xalqaro akademik xab tashkil etiladi

18:26 / 16.05.2025
Olimlar og‘ir bemor chaqaloq hayotini DNK tahriri orqali saqlab qoldi

20:13 / 29.04.2025