Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada butun mamlakat bo‘ylab niqob taqib yurish rejimi o‘rnatildi, restoran va kafelarning tunda ishlashi taqiqlandi
«Rospotrebnadzor» soat 23:00dan 6:00gacha ko‘ngilochar tadbirlar va umumiy ovqatlanish muassasalari faoliyatini taqiqladi. Rossiyada yangi karantin cheklovlarini joriy etish to‘g‘risidagi «Rospotrebnadzor» qarori 28 oktyabrdan kuchga kiradi.
«Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga soat 23:00dan 6:00gacha ko‘ngilochar tadbirlarni tashkil qilish, umumiy ovqatlanish muassasalarida xizmat ko‘rsatish taqiqlansin», - deyiladi qarorda.
28 oktyabrdan boshlab jamoat joylari, transport, avtoturargohlar va liftlarda tibbiy niqob taqish majburiy bo‘ladi.
26 oktabr kuni Rossiyada koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni bo‘yicha yana bir antirekord o‘rnatildi: 17 347 kishida koronavirus aniqlandi. COVID-19 pandemiyasi boshlanganidan beri mamlakatda 1,5 milliondan ortiq odamda infeksiya qayd etildi, 26 mingdan ortiq kishi vafot etdi.
Rossiyada so‘nggi kunlarda kunlik o‘sish 16 mingdan past bo‘lmayapti. Juma kuni 17,3 ming, shanba kuni 16,5 ming, yakshanba kuni 16,7 ming yangi kasallanish holati qayd etildi.
Shu kunlarda Moskva meri Sergey Sobyanin koronavirus epidemiyasi sekinlashayotgani va ko‘tarilish kutilmayotgani haqida gapirgandi.
Mavzuga oid
09:55 / 24.06.2026
Putin: Yonilg‘i tanqisligi Ukrainadagi urushga ta’sir qilmaydi
08:45 / 24.06.2026
Sanksiyalar yumshatilishi Rossiya neft eksportiga turtki berdi
21:15 / 23.06.2026
Rossiya Ukraina bilan «2022 yildagi Istanbul kelishuvlari asosida» muzokaralar olib borishga tayyor - Putin
16:29 / 23.06.2026