Jamiyat | 11:49 / 28.10.2020
13378
2 daqiqa o‘qiladi

Avtofalokatga uchrab nogironga aylandim, turmushim ham buzilib ikki bolam bilan qoldim

Kun.uz saytiga xayriya uyushtirishni so‘rab turli xil bemorlar murojaat qiladilar. Bugungi qahramonimiz ham nogironlik nafaqasida, zarur choralar ko‘rilmasa, to‘shakka mixlanib qolishi mumkin.

– 29 yoshdaman, bundan bir yarim yil muqaddam og‘ir avtofalokatga uchradim, mashina o‘ng oyog‘imni bosib majaqlab tashladi. Son suyagim yuqori qismidan sinib, boshchasi o‘rnidan ko‘chib ketdi. Bir onda nogironga aylanib qoldim, – dedi biz bilan suhbatda farg‘onalik Dilorom Toshboltayeva.

Dahshatli og‘riqlardan bir azoblangan bo‘lsam, oilam buzilib ikki farzandim bilan yolg‘iz qolganimdan ming azob tortdim. Og‘ir paytda suyanchiq bo‘lishi kerak bo‘lgan turmush o‘rtog‘im mening dardimga sherik bo‘lishni istamadi...

Inson davolanishlardan odatda sog‘ayib borsa, mening ahvolim og‘irlashaverdi. Keyinchalik ma'lum bo‘lishicha, eng yirik suyagim noto‘g‘ri bitayotgan, boshchasi joyidan siljib, tushmay qolgan ekan. Mana endi chanoq son endoprotezi qo‘yiladigan murakkab operatsiyaga muhtoj bo‘lib turibman. Bu operatsiya qiymati 39 mln so‘m ekan. O‘zim nogironman, nafaqam ikki bolam bilan ro‘zg‘orga arang yetadi. Yordam berib turadigan singlimning ham qo‘li qisqa. Sovuq havolar tushgunicha bu operatsiyani o‘tkazib olish kerak ekan. Shuning uchun saxovatli insonlardan ko‘mak so‘rashga qaror qildim, bor umidim Allohdan va sizlardan, – deydi ko‘zida yosh bilan bemor singlimiz.

 Dilorom Toshboltayevaga oid ma'lumotlar:

O‘zkard: 8600 0417 1716 1088 (Agrobank, Dilorom Toshboltayeva nomida)

Visa: 4278 3100 2018 9262 (Roziyaxon Rahmonova nomida)

Sberbank: 4276 3801 5331 7594 (Murod Madaminov nomida)

Telefon raqami: +998994034449

Bunday kasallikning og‘rig‘ini faqat boshidan kechirganlar his qiladi. Dilorom ikki o‘g‘li uchun oyoqqa turish ilinjida. Ko‘pning oz-ozdan bergani ham ko‘p bo‘ladi. Imkoni bo‘lmaganlar duolarida eslab qo‘ysalar kifoya.

Abror Zohidov.

Mavzuga oid