Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyoning eng boy odamlari bir kun ichida 14,4 milliard dollar yo‘qotdi
Dunyoning eng badavlat odamlari o‘ntaligiga kiruvchi milliarderlar bir kun ichida umumiy hisobda 14,4 mlrd dollar yo‘qotdi. Yetakchi o‘nlikdan faqat 2 milliardergina o‘z kapitalini ko‘paytira olgan.
Bloomberg Billionaires Index reytingiga ko‘ra, 26 oktyabrdagi birja savdolari natijalariga ko‘ra, Tesla va SpaceX kompaniyalari asoschisi Ilon Mask bir kun ichida 2,88 mlrd dollarga, dunyoning eng boy odami, Amazon asoschisi Jyeff Bezos esa 263 mln dollarga boyigan.
Yetakchi o‘nlikdan Bill Geyts 2,02 mlrd dollar, Bernar Arno 1,67 mlrd dollar, Uorren Baffet 1,65 mlrd dollar, Mukesh Ambani 3,29 mlrd dollar, Stiv Balmer 2,07 mlrd dollar, Larri Peyj 2,03 mlrd dollar va Sergey Brin 1,96 mlrd dollar yo‘qotgan.
Bu orada Forbes nashrining ma'lum qilishicha, dunyoning 10 nafar eng boy odamining umumiy boyligi 17 mlrd dollardan ko‘proqqa qisqargan. Yetakchi o‘nlikdan joy olgan birgina milliarder - Jyeff Bezosning kapitali kamaymagan.
Milliarderlar kapitalining qisqarishi AQSh fond birjalaridagi pasayish bilan bog‘langan. Jumladan, Dow Jones indeksi qiymati 2,3 foizga, S&P 500 indeksiniki 1,9 foizga, Nasdaq indeksiniki 1,6 foizga qisqargan.
Mavzuga oid
21:42 / 12.06.2026
Ilon Mask - insoniyat tarixidagi birinchi trillioner
16:26 / 12.06.2026
Ilon Mask dunyodagi ilk trillionerga aylanish arafasida: SpaceX aksiyalari sotuvga chiqyapti
10:03 / 12.06.2026
Ilon Mask 55 milliard dollarlik Terafab loyihasini ilgari surmoqda
08:50 / 12.06.2026