Jahon | 19:47 / 29.10.2020
24062
2 daqiqa o‘qiladi

Nitssadagi cherkovda noma'lum shaxs uch kishini pichoqlab o‘ldirdi. Makron voqea joyiga yetib bordi

Fransiyaning Nitssa shahrida joylashgan Notr-Dam cherkovida noma'lum shaxs odamlarga pichoq bilan hujum qildi. Oqibatda kamida uch kishi halok bo‘lgan va yana olti kishi yaralangan.

Foto: Valery Hache/AFP

Ma'lum bo‘lishicha, bir ayolning boshi uzib tashlangan. Fransiya Ishchi ishlar vaziri Jyerald Darmanen Tvitterdagi sahifasida yozishicha, voqea joyida politsiya ishlamoqda. Shuningdek, vazir mamlakat ichki ishlar tizimidagi favqulodda vaziyatni nazorat qilayotganini aytgan.

Guvohlarning aytishicha, qurollangan shaxs ertalab cherkovga borayotganlarga hujum qilgan va bir ayolni cherkovning o‘zida o‘ldirgan. Yana bir ayol jinoyatchidan qochib, cherkov yonidagi kafega yashiringan va o‘sha yerda o‘ldirilgan. O‘lganlardan yana biri erkak kishi bo‘lgan.

Qurolli hujumni amalga oshirgan shaxs qo‘lga olingan. Nitssa meri Kristian Estrozining aytishicha, qurolli hujumni amalga oshirgan shaxs qo‘lga olinayotgan vaqtda yaralangan. Emmanuel Makron voqea joyiga yetib borgan.

Foto: ERIC GAILLARD/POOL/AFP

Makron voqea joyidan bayonot berdi va sodir bo‘lgan voqeani terror deb atadi. Uning aytishicha, mamlakatdagi maktablarda xavfsizlik kuchaytiriladi va 7 minggacha askar xavfsizlikni ta'minlashga jalb qilinadi.

Ўткир Жалолхонов
Tayyorlagan Ўткир Жалолхонов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid